Foto: Facebook / Mark Fogel
Giyohvand moddalar kontrabandasi uchun Rossiyada 14 yil muddatga qamalgan amerikalik sobiq diplomat Mark Fogel RF va AQSh oʻrtasidagi kelishuv doirasida ozod etildi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uols e'lon qilgan Oq uy bayonotida soʻz boradi.
Bayonotda qayd etilishicha, AQSh ma'muriyati «almashinuv boʻyicha kelishuvga erishgan boʻlib, bu Rossiya tomonining ijobiy kayfiyatini koʻrsatadi va Ukrainadagi urushni yakunlash boʻyicha toʻgʻri yoʻnalishda harakat qilinayotganidan dalolat beradi». AQSh mamlakatda hibsda saqlanayotgan biror rossiyalikni topshirgan yoki topshirmaganiga aniqlik kiritilmagan.
«Almashinuv» boʻyicha muzokaralarni AQSh prezidenti Donald Tramp hamda uning maslahatchilari, jumladan, Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsis vakili lavozimida ishlayotgan Stiv Uitkoff olib borgan. Avvalroq OAV Moskvadagi Vnukovo aeroportiga Vashingtondan Gulfstream G650ER biznesjeti uchib kelgani toʻgʻrisida xabar bergandi. Samolyot Uitkoffga bogʻliq ekani aytilgan. Kreml biznesjet haqidagi xabarlarga izoh berarkan, Rossiya hukumati Trampning maxsus vakili bilan biror uchrashuvni rejalashtirmayotganini bildirgan.
Oq uy bayonotida keltirilishicha, Uitkoff Rossiya havo makonini Fogel bilan birga tark etgan.
AQSh elchixonasining Moskvadagi sobiq xodimi Mark Fogel 2021 yil avgustda Nyu-Yorkdan rafiqasi bilan birga uchib kelgan vaqtida Sheremetevo aeroportida hibsga olingan edi. Bojxona koʻrigi vaqtida amerikalikning chamadonidan kannabis va gashish moyi topilgan.
Fogelning oʻzi tergov izolyatoriga kelgan huquq himoyachilariga uni 17 gramm marixuanani olib oʻtishga uringani uchun hibsga olishganini aytgan. Amerikalik gap umurtqasida oʻtkazilgan operatsiyadan keyin AQShdagi shifokor unga yozib bergan tibbiyot marixuanasi haqida ketayotganini ta'kidlagan.
2022 yil iyunda Moskva viloyati sudi Fogelni 14 yil muddatdan ozodlikdan mahrum etgan. Sud matbuot xizmati AQSh fuqarosi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar