![Zelenskiyning hududlarni almashish haqidagi soʻzlariga Rossiya qanday javob berdi?](/uploads/posts/2025-02/4afdc04bba_5ef32a18-0eed-11eb-94e0-02af7fd927c6_1320x770_022444.webp)
Moskva va Kiyev oʻrtasida hududlarni ayirboshlash mumkin emas, Rossiya hech qachon oʻz erlarini ehtimoliy ayirboshlashni muhokama qilmagan va qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Bu mutlaqo mumkin emas. Rossiya hech qachon oʻz hududini ayirboshlash mavzusini muhokama qilmagan va qilmaydi ham, dedi Peskov.
U Ukraina kuchlari Rossiya hududidan albatta chiqarib yuborilishini ta'kidladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy The Guardian nashriga bergan intervyusida Kursk viloyatida Ukraina qoʻshinlari nazoratidagi hududni Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina erlariga almashtirishga tayyor ekanligini aytgan edi.
![](/uploads/posts/2025-02/8905a35fc8_photo_2025-02-11_21-59-34-e4uy8itl.webp)
Foto: The Guardian
"Biz bir hududni boshqasiga almashtiramiz", dedi Zelenskiy va Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan erlarning qaysi qismini soʻrashini hali aniq bilmasligini qoʻshimcha qildi.
Ukraina etakchisi barcha hududlar muhim ekanini, ular oʻrtasida hech qanday ustuvorlik yoʻqligini ta'kidladi.
Shuningdek, Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining urush tugaganidan soʻng Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Evropa davlatlari berishi kerakligi haqidagi gʻoyasini tanqid qildi.
"Evropa amerikaliklarsiz xavfsizlik kafolatlarini taklif qilishi mumkin, degan fikrlar bor va men doimo bunga qarshiman", dedi u. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, AQSh ishtirok etmaydigan xavfsizlik kafolatlari “haqiqiy” emas.
"Biz tinchlikparvar kontingentni qoʻllab-quvvatlaymiz, agar u xavfsizlik kafolatining bir qismi boʻlsa, lekin yana bir bor ta'kidlashni istardimki, Amerikasiz buning iloji yoʻq", dedi Zelenskiy va Tramp bilan uchrashuvi sanasi hali belgilanmaganini qoʻshimcha qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiyning soʻzlariga izoh berar ekan, bunday bayonotlar Kursk viloyatidagi "Ukraina Qurolli kuchlari uchun halokatning haqiqiy koʻlamini" yashirish maqsadida berilayotganini ta'kidladi.
2024 yil 6 avgustda Ukraina armiyasi Kursk viloyatida harbiy operatsiyani boshladi. 12 avgustga kelib, 28 ta aholi punkti Ukraina kuchlari nazoratiga oʻtgani haqida oʻsha paytda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov xabar berdi. Yanvar oyida Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomoni mintaqaning 1268 kv. km hududini egallab olganini ma'lum qildi (Kursk viloyatining umumiy maydoni - 29,9 ming kv. km). Yanvar oyi oʻrtalariga kelib, Rossiya idorasi ma'lumotlariga koʻra, 801 kv. km (63,2%) qaytarib olishga erishilgan.
Kiyev ilgari 1991 yilgi chegaralarga qaytish va Rossiya qoʻshinlarini oʻz hududidan olib chiqib ketishni talab qilgan edi. Keyinchalik Zelenskiy yoʻqotilgan hududlarni kelajakda diplomatik yoʻl bilan qaytarish mumkinligini qayd etgan.
Moskva muzokaralar uchun ochiqligini, Kiyev ulardan voz kechayotganini ta'kidlab, toʻrtta yangi mintaqa va Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishni talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar