Zelenskiy: Rossiya Belarusga 100 ming askar yuborishga tayyorlanmoqda

Foto: The Economist
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hukumati Belarusga katta miqdorda qoʻshin yuborishga tayyorlanayotgani, ulardan NATO davlatlarining biriga hujum qilishda foydalanilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda u The Economist’ga bergan intervyusida ta'kidlagan.
«Urush uyinga kelmaguncha, hech kim uning nima ekanini tushunmasa kerak deb oʻylayman. Hech kimni qoʻrqitmoqchi emasman. U keladi. Men shunchaki faktlar haqida gapirayapman. Bugun dunyo Putinni sekinlik bilan, juda sekinlik bilan toʻxtatayotgan bir paytda, u keladi. Va bu fakt», — deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, u Ukraina maxsus xizmatlaridan Vladimir Putin taxminan 100 ming kishini qamrab oladigan 10-15 ta diviziyani shakllantirayotgani, ular 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urush boshlanishidan oldin boʻlgani kabi Belarusdagi oʻquvlarga joʻnatilishi toʻgʻrisida ma'lumot olgan.
«U [Putin] oldingidek buni Ukraina chegarasidagi oʻquvlar ekanini aytadi. Ammo ishoning, bu hujumkor harakatlari uchun plasdarmga tayyorgarlik… U Ukrainaga borishini sizga kim aytdi? Kim sizga u Litvaga, Polshaga bormasligini aytdi?», — deydi Zelenskiy.
«Biz [harakatsiz] turgan paytda u katta miqdordagi qoʻshinlar uchun plasdarm tayyorlayotgan boʻlishi va shunchaki shu plasdarmni olib boshqa yoʻnalishga yurishi mumkin. U Polshaga boradi, Litvaga boradi va ularni bosib oladi. Nega hech kim bu sodir boʻlishi mumkin deb oʻylamaydi?», — deya qoʻshimcha qiladi Zelenskiy.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hukumati Belarusga katta miqdorda qoʻshin yuborishga tayyorlanayotgani, ulardan NATO davlatlarining biriga hujum qilishda foydalanilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda u The Economist’ga bergan intervyusida ta'kidlagan.

Izohlar 0
…