14:10 / 17.02.2025
1 109

“Hizbulloh” rahbari Isroilga muhlat berdi, aks holda hujum boshlanishini aytdi

“Hizbulloh” rahbari Isroilga muhlat berdi, aks holda hujum boshlanishini aytdi
Foto: Anadolu
“Hizbulloh” guruhi rahbari Naim Qosim Isroil qoʻshinlari 18 fevralgacha Livan hududidan toʻliq chiqib ketishi kerakligini aytdi. Bu haqda Al Arabiya nashriga tayanib Daryo xabar berdi.

U Livan janubidagi har qanday postda Isroil harbiy ishtirokini saqlab qolish uchun “hech qanday bahona” yoʻqligini aytdi. Noyabr oyida AQSh vositachiligida tuzilgan sulhga koʻra, Isroil qoʻshinlariga Livan janubidan chiqib ketish uchun 60 kun berilgan. Keyinchalik bu muddat 18 fevralgacha uzaytirilgan, biroq Isroil harbiylari Livan janubidagi beshta postda qoʻshinlarni ushlab turishni soʻragan.

"Isroil 18 fevralda toʻliq chiqib ketishi shart. Hech qanday bahona yoki boshqa tafsilotlar kerak emas... bu kelishuv shunday", dedi Naim Qosim.

U 18 fevraldan keyin Livan tuprogʻida Isroilning har qanday harbiy ishtiroki bosqinchi kuch sifatida baholanishini qayd etdi.

Okkupatsiya bilan qanday kurashish kerakligini hamma biladi, deya u “Hizbulloh” Isroilga qarshi hujumlarni davom ettirishi haqida aniq tahdid bildirmaydi.

Isroil teleradiokompaniyasiga koʻra, AQSh Livan janubida Isroil qoʻshinlarining “uzoq muddat” qolishiga ruxsat bergan. Qosimning bayonotini efirga uzatish vaqtida yahudiy harbiy-havo kuchlari “Hizbulloh” harbiy ob'ektlariga zarba berdi. Isroil armiyasi da'vo qilishicha, “ushbu ob'ektlardagi terrorchilik faoliyati Isroil va Livan oʻrtasidagi kelishuvlarni buzish hisoblanadi”.

Livan hukumati Eron samolyotlarining Bayrutga parvozini taqiqladi. Muammo nimada?

Avvalroq Isroil “Hizbulloh”ni qurollantirish uchun Eron fuqarolik samolyotlaridan foydalanib Bayrutga naqd pul yuborayotganini aytgandi. Shu sababli Livan hukumati Eron samolyotlarining 18 fevralgacha Bayrutga parvozlarini taqiqladi.

Qaror oʻnlab Livan fuqarolarini Eronda ushlab qoldi, ular Eronning Mahan Air aviakompaniyasi orqali qaytishni rejalashtirgandi. Livan ularni olib kelish uchun ikkita oʻz samolyotini yubordi, biroq Eron ularga Tehronga qoʻnishni taqiqladi.

“Hizbulloh” 15-fevrak kuni Bayrut aeroporti oldida norozilik namoyishi uyushtirdi, uning tarafdorlariga Livan harbiylari tomonidan koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllanildi. Qosim Livanning Eron samolyotlariga taqiqini “Isroil buyrugʻini amalga oshirish” deb atadi.

Samolyot qoʻnsin va biz Isroil nima qilishini koʻramiz, dedi “Hizbulloh” etakchisi.

Isroil va “Hizbulloh” kelishuvi

2024 yil 27 noyabrda Isroil va Livan oʻrtasida deyarli 14 oy uzluksiz davom etgan hujumlardan soʻng Amerika tomonidan taklif etilgan kelishuv asosida oʻt ochishni toʻxtatish tartibi kuchga kirdi. Bitimni tasdiqlashdan oldin isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xalqqa murojaat qilib, shimoliy frontda oʻt ochishni toʻxtatish zarurligini tushuntirdi. U “Hizbulloh” tomonidan sulh buzilgan taqdirda Isroil javob qaytarib, harbiy harakatlarni qayta boshlashini ta'kidladi.

AQSh taklif etgan kelishuv rejasiga koʻra, 60 kun ichida Livan armiyasi mamlakat janubidagi hududlarni egallashi, “Hizbulloh” kuchlari va infratuzilmasi esa Isroil chegarasidan 20-30 kilometr masofada joylashgan Litani daryosining shimoliy qismiga oʻtkazilishi kerak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo