date
views 407

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda kutib olindi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda kutib olindi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Shayx Mish'al as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi.

Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlat rahbarini Amir Shayx Mish'al as-Saboh, valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston etakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari koʻtarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. Soʻng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a'zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladi.

Aeroportning Amir terminalida etakchilar oʻrtasida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.


Bugun Oʻzbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara oʻtkazadilar. Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Kuvayt oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.


Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda kutib olindi (foto)