16:47 / 17.02.2025
196

Ayollar ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt oʻtkazmoqda

Ayollar ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt oʻtkazmoqda
Global internet foydalanuvchilari soni 5,56 milliard kishini tashkil etmoqda. Ularning aksariyati internetga kirish uchun telefondan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ayollar etakchilik qilmoqda. Digital 2025 global hisobotida statistika taqdim etildi, deb yozadi Daryo nashri.

Dunyo boʻylab ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keskin oshmoqda. Hozirda 5,24 milliard kishi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Ularning umumiy soni soʻnggi 12 oy ichida 4,1 foizga oshgan. Soʻnggi tadqiqotlariga koʻra, “doʻstlar va oila bilan aloqada boʻlish” ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy sababi hisoblanadi.

Global miqyosda “boʻsh vaqtda band boʻlish” ikkinchi oʻrinda turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq ilovalarida “cheksiz lentalar” nega keng tarqalganini tushunishga yordam beradi. Har uch nafar foydalanuvchidan biri “yangiliklarni oʻqish” uchun ijtimoiy platformalarni afzal koʻradi.

“Doʻstlar va oila bilan aloqada boʻlish” barcha yosh guruhlari uchun eng yuqori ijtimoiy motivatsiya hisoblanadi. Foydalanuvchilar koʻproq “trendga aylangan mavzular”dan xabardor boʻlishga qiziqish bildirsa, katta yoshlilar yangiliklarni oʻqishga koʻproq e'tibor qaratadi. Yosh boʻyicha odamlar koʻproq kimlarga obuna boʻlishi quyida keltirib oʻtilgan:

Odamlar yangiliklarni koʻpincha Facebook’dan oʻqimoqda

Dunyo boʻylab yangiliklarni oʻqish uchun Facebook’dan foydalanish yuqori boʻlib qolmoqda. Respondentlarning 37 foizi yangiliklar uchun aynan undan foydalanishini aytgan. Katta yoshli faol Facebook foydalanuvchilarining 57,3 foizi yangiliklar va dolzarb voqealardan xabardor boʻlish uchun platformaga kiradi.

Bu koʻrsatkich yoshga qarab oʻzgarsa-da, 16 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan Facebook faol foydalanuvchilarining yarmidan koʻpi hali ham platformadan yangiliklar va dolzarb voqealardan xabardor boʻlish uchun foydalanadi.

Erkaklar ayollarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlardan yangiliklar uchun koʻproq foydalanadilar, garchi bu “gender tafovuti” nisbatan kichik boʻlsa ham.

Iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichi past davlatlarda odamlar yangiliklarni oʻqish uchun koʻproq ijtimoiy tarmoqlarga yuzlanadi. Nigeriyada faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 56,6 foizi joriy voqealarni kuzatishni afzal biladi. Xuddi shunday, Braziliya, Turkiya va Gretsiyadagi katta yoshli foydalanuvchilarning yarmidan koʻpi bunga qoʻshiladi.

Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar kontentini izlashga kamroq moyil.

Ayollar ijtimoiy tarmoqlardan koʻproq foydalanadi

Ayollar barcha yoshdagi erkaklarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt oʻtkazishda davom etmoqda.16 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan qizlar kuniga oʻrtacha 3 soatdan sal kamroq vaqtni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga sarflaydi. Hozirgi koʻrsatkich ikki yil oldin shu guruh uchun qayd etilgan oʻrtacha koʻrsatkichdan 12 daqiqaga past.

Xuddi shu yosh guruhidagi erkaklar ham soʻnggi ikki yil ichida kunlik faollikni 12 daqiqaga qisqartirgan, ya'ni yosh foydalanuvchilar orasidagi “gender tafovuti” 25 daqiqa boʻlib qolmoqda.

Biroq, boshqa tomonda, 55 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan ayollar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardan ikki yil oldingiga qaraganda koʻproq foydalanadi. Soʻnggi 24 oy ichida ushbu guruhning kundalik faolligi 6 daqiqa oshgan, ammo shu davrda xuddi shu yosh guruhidagi erkaklar oʻrtacha 4 daqiqaga kamaygan.

Foydalanuvchilar boʻyicha top-platformalar

2025 yil boshida YouTube eng koʻp foydalanilgan ijtimoiy media platformasi hisoblanadi. Undan keyingi oʻrinni Whatsapp egallagan. Facebook uchinchi, Instagram esa toʻrtinchi oʻrinda. TikTok platformasi esa kuchli beshlikni yakunlaydi.

Biroq foydalanuvchilar sevimli platforma sifatida Instagram'ni tanlamoqda. Dunyo miqyosida WhatsApp 16 foiz bilan ikkinchi, Facebook esa 13,1 foiz bilan uchinchi oʻrinda turadi. Toʻrtinchi oʻrinni 12 foiz bilan WeChat egalladi, ammo shuni ta'kidlash kerakki, bu deyarli butunlay platformaning Xitoydagi mashhurligi bilan bogʻliq.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo