423
Ukraina delegatsiyasi Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadi

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun maxsus delegatsiyani boshqaradi. Yermakning o‘rinbosari Pavlo Palisa, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham delegatsiya tarkibida joy olgan. Bu tarkib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan tasdiqlangan. Qayd etish joizki, ushbu delegatsiya 11 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSH bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ham ishtirok etgan.
Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga delegatsiyaning asosiy maqsadi xalqaro sheriklar bilan hamkorlik orqali «adolatli tinchlik»ka erishish ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarur bo‘lsa, Yermak tarkibni o‘zgartirish va davlat organlari xodimlari, ilmiy maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga, Ukraina muzokaralar jarayonida AQSHning 30 kunlik sulh taklifini qabul qilgan bo‘lsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu taklifga darhol rozi bo‘lmadi va muzokaralarning tafsilotlarini muhokama qilishni afzal ko‘rganini bildirdi. Putin, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog‘ qabul qilish, safarbarlik o‘tkazish va harbiy tayyorgarlikni to‘xtatish shartlarini ilgari surdi. Donald Tramp esa Kremlning javobini 17 martga qadar aniqlashtirishni kutmoqda.
Ukraina prezidenti Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya urushni tugatish jarayonini ataylab cho‘zayotganini, chunki u jang maydonida o‘z holatini yaxshilashni istaganini bildirdi. Shuningdek, Ukraina sulh jarayonini tayyorlash va monitoring qilish uchun maxsus jamoa shakllantirmoqda. Uning asosiy vazifasi — o‘t ochishni to‘xtatish rejimining amalga oshirilishini nazorat qilish.
Andrey Sibiga, Ukraina tashqi ishlar vaziri, muzokaralarning murakkabligini tan oladi va qayd etadi: "Bizda achchiq tajriba bor. 25 marta o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilingan, ammo barchasi Rossiya tomonidan buzildi." Shu boisdan, Ukraina hozirgi davrda front chizig‘ini nazorat qilish va provokatsiyalarga qarshi kuchli mexanizmlar zarurligini ta’kidlamoqda. Sibiga, shuningdek, har kuni 1300 kilometr uzunlikdagi front chizig‘ida to‘qnashuvlar sodir bo‘layotganini va buni monitoring qilish uchun xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarini jalb qilish kerakligini aytib o‘tdi.
Ukraina tomonidan Rossiyaga bosim o‘tkazish va uni o‘t ochishni to‘xtatishga majburlashga chaqiriqlar ham mavjud. Bu, o‘z navbatida, muzokaralar stoliga o‘tirish va uzoq muddatli hamda adolatli tinchlikka erishish imkoniyati beradi.
Shuningdek, Andrey Sibiga, dunyoning hech bir davlati Ukraina xalqining istalgan ittifoqqa qo‘shilish haqidagi tanloviga to‘sqinlik qilishga yoki mamlakatning harbiy imkoniyatlariga cheklov qo‘yishga haqli emasligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar