09:35 / 27.03.2025
1 403

Suriya sobiq bosh muftiysi aeroportda qo‘lga olindi

Suriya sobiq bosh muftiysi aeroportda qo‘lga olindi
Suriya xavfsizlik kuchlari Damashq xalqaro aeroportida sobiq bosh muftiy shayx Ahmad Badriddin Hassunni hibsga oldi. Diniy arbob mamlakatdan qochishga uringan. Bu haqda Al Mayadeyen xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shayx Hassun Ummonga yo‘l olgan va u yerda shoshilinch jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak bo‘lgan. U rasmiylarga davolanish uchun Iordaniyaga ketish istagini oldindan bildirgan. Biroq aeroportning faxriy mehmonlar zaliga kelganidan bir necha daqiqa o‘tib, hibsga olingan.

Damashqda yashirinib yurgan sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlarini qo‘lga olish maqsadida reydlar o‘tkazilmoqda. Maxsus operatsiya davomida bir necha kishi ushlangan. Ulardan qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi qurilmalar topilgan.

Asad tarafdorlari va Suriya kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar

Mart oyida Latakiya, Tartus, Xama va Xoms viloyatlarida Asad tarafdorlari bo‘lgan alaviylar va yangi Suriya hukumati o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Qurbonlarning umumiy soni 1,3 ming kishidan oshdi, ulardan mingdan ortig‘i tinch aholi hisoblanadi. Xavfsizlik kuchlarining reydlari 10 mart kuni yakunlandi. Suriya Mudofaa vazirligi vakili Hasan Abdul G‘ani hukumat xavfsizlik kuchlari “tashqaridan ag‘darilgan Bashar Asad rejimi qoldiqlarini zararsizlantirishga” va vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Shundan so‘ng Suriyaning yangi hukumati Rossiya hukumatiga Asadni ekstraditsiya qilish talabi bilan murojaat qildi. Al Arabiya va Al Hadath nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Ahmad ash-Shara’a Asadni sud qilish uchun uni ushlab berishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, Rossiya hozircha talabni qondirishdan bosh tortmoqda, chunki buni “ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun yengib bo‘lmas to‘siq emas” deb hisoblaydi.

24 mart kuni Latakiya va Idlib viloyatlari chegarasidagi tog‘li hududlarda Asad tarafdorlaridan 15 nafar jangari qo‘lga olindi.
Foto: AFP
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo