
Netflix'ning barcha rekordlarni parchalagan mashhur seriali – “Kalmar o‘yinlari”dagi mehribon, ammo sirli 001 raqamli o‘yinchi obrazi bilan millionlar qalbini zabt etgan janubiy koreyalik aktyor O Yon Su (80 yoshda) haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi.
Qahramon – endi ayblanuvchimi?
The Daily Star xabariga ko‘ra, O Yon Su jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ilk bor sud unga 8 oylik shartli jazo bergandi, ammo keyinchalik bu qaror qayta ko‘rib chiqildi va jazo muddati oshirildi.
Voqea 2017 yilga borib taqaladi...
Sudning ma’lum qilishicha, aktyor 2017 yilda o‘z hamkasbi bo‘lgan aktrisaga ikki marta jinsiy tegajog‘lik qilgan. U o‘z uyi yaqinida uni xohishisiz quchoqlab, o‘pgani aytilmoqda.
Prekurorlar tomoni bu holatni jiddiy baholab, “o‘zining 50 yillik tajribasiga qaramay, aktyor kichikroq hamkasbiga nisbatan tegajog‘lik qilgan”, deya ta’kidlashdi. Jabrlanuvchi esa hodisadan keyin hayotida doimiy qo‘rquv bilan yashaganini bildirgan.
O Yon Su: “80 yillik obro‘m bir lahzada qulab tushdi”
Aktyor aybini inkor etdi, ammo sud zalida quyidagicha bayonot berdi:
“Bunday yoshda sudga kelish — sharmandalik. Agar nomaqbul so‘z yoki harakat qilgan bo‘lsam, hukmni qabul qilaman. Lekin buni zo‘ravonlik deb atab bo‘lmaydi. Bir lahzada 80 yillik mehnatim kul bo‘ldi. Men o‘zimni bo‘sh va yo‘q bo‘lib qolganday his qilyapman...”
Aktyorning advokatlari esa ayblovlar faqat jabrlanuvchining so‘zlariga tayanib qo‘yilganini, ularda izchillik va dalillar yo‘qligini ta’kidlashmoqda.
Ish endi apellyatsiyada
O Yon Su hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Yakuniy qaror 2025 yil 3 iyun kuni qabul qilinadi.
Zamin.uz fikri:
Bir serial butun dunyoni larzaga soldi... va uning aktyori endi jiddiy ayb bilan sud eshigida turibdi.
Mahkamalarda kim haq, kim nohaq — buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo bu voqea bir haqiqatni yodga soladi: shahsiyat va obro‘ – yillar davomida quriladi, bir lahzada yo‘qolishi mumkin.
Siz bu ish bo‘yicha qanday fikrdasiz? Aktyor haqmi yo jabrlanuvchimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!