date
views 737

Nyu-Yorkda vertolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Gudzon daryosiga quladi (video)

Nyu-Yorkda vertolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Gudzon daryosiga quladi (video)
Nyu-Yorkda yo‘lovchi vertolyotining Gudzon daryosiga qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, deb BBC xabarida aytilgan. Hodisa 10 aprel, payshanba kuni tushdan keyin, shahar markaziga yaqin joydagi 40-pirs hududida sodir bo‘lgan.

Nyu-York politsiya departamenti maʼlumotiga ko‘ra, vertolyot bortida uchuvchi, ikki katta yoshli yo‘lovchi va uch nafar bola bo‘lgan. Ular Ispaniyadan kelgan sayyohlar oilasi ekani aniqlangan. Vertolyotda Siemens Spain direktori Augustin Eskobar, uning rafiqasi va uch qizi bo‘lgani maʼlum qilindi.

Vertolyotda Siemens Spain direktori Augustin Eskobar, rafiqasi va uch qizi bo‘gani aytilmoqda.
Nyu-York meri Erik Adams vertolyot bortidagi barcha halok bo‘lganini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqeaning videosi tarqaldi. Breaking News yangiliklar agregatori maʼlumotiga ko‘ra, vertolyot “tartibsiz” parvoz qilgan.

FlightRadar maʼlumotiga ko‘ra, vertolyot Manhetten markazidagi vertolyot maydonchasidan parvoz qilgan va halokatdan avval 15 daqiqa havoda bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo