date
views 264

Tramp va Bayden o‘rtasida yangi siyosiy to‘qnashuv boshlandi

Tramp va Bayden o‘rtasida yangi siyosiy to‘qnashuv boshlandi
AQSHning 46-prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimini tark etganidan keyin ilk bor ommaviy nutq so‘zladi. Uning chiqishi jiddiy e’tiborga sabab bo‘ldi. Bayden nutqida Donald Tramp ma’muriyatini qattiq tanqid qildi, ammo uning ismini biror marta tilga olmadi. U Trampni “o‘sha yigit” deb atash bilan cheklandi.

“100 kundan kamroq vaqt ichida bu ma’muriyat shunchalik katta zarar va vayronagarchiliklarga olib keldiki, nafasingiz ichingizga tushib ketadi”, – dedi Bayden.

Uning tanqidi asosan Tramp ma’muriyatining ijtimoiy dasturlar va davlat xizmati apparatlarini qisqartirgani, muhojirlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rgani bilan bog‘liq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Donald Trampning o‘zi Baydenni doimiy tanqid ostiga olib kelmoqda. U Baydenni "tarixdagi eng yomon prezident" deb ataydi. Tramp fikricha, u amalga oshirgan islohotlar Bayden davridagi “tartibsizlik”larni bartaraf etish uchun kerak bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Bayden o‘rtasida yangi siyosiy to‘qnashuv boshlandi