Pokiston 80 mingdan ortiq afg‘on muhojirini deportatsiya qildi

1 daqiqa o'qish563
Pokiston 80 mingdan ortiq afg‘on muhojirini deportatsiya qildi
Pokiston hukumati 1 apreldan boshlab mamlakatda noqonuniy yashagan 80 mingdan ortiq afg‘on muhojirini vatanlariga qaytarganini tasdiqladi. Afg‘oniston hukumati bu jarayonni "majburiy deportatsiya" deb baholamoqda. Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Bu harakat Pokiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan muhojirlarni chiqarib yuborish rejasi doirasida bo‘lib, unga ko‘ra 2023 yil oxirigacha 3 milliondan ziyod afg‘on fuqarosi Pokiston hududidan chiqarilishi kerak.

Pokiston Ichki ishlar vazirligi maslahatchisi Talal Chaudhrining ma’lum qilishicha, afg‘on muhojirlari uchun muddat endi uzaytirilmaydi.

"Hamma viloyatlarga aniq ko‘rsatmalar berildi: noqonuniy muhojirlarga do‘kon, uy yoki boshqa turar-joy taqdim qilgan shaxslar qonun oldida javob beradi", dedi Chaudhri.

Dastlab amaldagi hujjatlarga ega bo‘lmagan afg‘on muhojirlari 31 martgacha mamlakatni tark etishi kerak edi, keyinchalik bu muddat 30 aprelgacha uzaytirilgan edi. Xalqaro migratsiya tashkiloti esa, aprel oyining boshidan buyon Pokiston tomonidan 60 mingga yaqin afg‘on deportatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati Islomobod shahrida joylashgan, aholining zaif qatlamiga kiruvchi 138 nafar afg‘on fuqarosini qabul qilganini ham xabar qilgan edi.

Shuningdek, Eron ham qonuniy hujjatlarga ega bo‘lgan afg‘on fuqarolarini ham politsiya tomonidan hibsga olib, deportatsiya qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Muhim: kimlar xavf ostida?
- Hujjatsiz muhojirlar,
- “Afg‘oniston kartasi”ga ega bo‘lmaganlar,
- Ko‘chalarda, bozorlarda vaqtincha ishlayotgan muhojirlar,
- Ularga turar joy bergan mahalliy fuqarolar ham javobgarlikka tortiladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: muhojir muammosini bunday majburiy choralar bilan hal etish mumkinmi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?