Marhum Rim papasi Fransiskning so‘nggi nutqi oshkor qilindi

1 daqiqa o'qish1.7K
Marhum Rim papasi Fransiskning so‘nggi nutqi oshkor qilindi
Marhum Rim papasi Fransisk 20 aprel, Pasxa kuni Vatikandagi Pyotr maydonida xalq oldida chiqish qildi. Bu uning umridagi oxirgi nutqi bo‘ldi. Vatican News nashrining xabar berishicha, nutqida pontifik o‘ziga ko‘maklashganlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Qayd etilishicha, Fransisk hayotining so‘nggi kunida yordamchisi Massimiliano Strappettidan Pyotr maydoniga yig‘ilgan odamlar bilan uchrashtirishini so‘ragan. Pontifik avtomobilda maydonni aylanib, odamlar bilan salomlashmoqchi bo‘lgan.

Biroq nutqidan so‘ng, yakshanba oqshomida uning salomatligi keskin yomonlashdi. Taxminan bir soat o‘tib, pontifik komaga tushdi.

Fransisk yordamchilariga "Meni maydonga olib kelganingiz uchun tashakkur", deb aytgan. Papaning yordamchilari uning so‘nggi daqiqalarda azob chekmaganini ta’kidlashdi.

Vatikan avvalroq papaning dafn marosimi 26 aprel, shanba kuni Santa Mariya Majora bazilikasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

23 apreldan boshlab, Fransiskning jasadi bilan vidolashish marosimi Pyotr soborida bo‘lib o‘tadi va bu marosim uch kun davom etadi. 26 aprel kuni o‘tkaziladigan asosiy dafn marosimini Kardinallar kolleji dekani Jovanni Battista Re olib boradi. Marosimda butun dunyodan patriarxlar, kardinallar, arxiyepiskoplar, yepiskoplar va ruhoniylar ishtirok etadi.

Reuters axborotiga ko‘ra, dafn marosimiga AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga, shuningdek, Argentina prezidenti Xavyer Mayli va Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva tashrif buyuradi. Agentlikka ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham marosimda ishtirok etishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa marosimga tashrif buyurishni rejalashtirmagan. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasini kim vakillik qilishi hali aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevraldan 23 martgacha Fransisk ikkilamchi pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonada yotgandi. Uning ahvoli og‘ir bo‘lgan, hatto unga qon quyilgan. Fevral oyi oxirida pontifik sun’iy nafas olish apparatiga ulangan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?