10:26 / 23.11.2016
11 209

Qizlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini kelinlikka taklif qilishi mumkin

Qizlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini kelinlikka taklif qilishi mumkin

Jazoirning poytaxtidagi katta masjid imomi xatibi shayx Ali Ayya ijtimoiy tarmoqlarda muslimalar o‘zlarini erga taklif qilishlari mumkin degan, fatvo chiqardi. Bu haqda yangi dunyo internet portali xabar bermoqda.

O‘z fatvosiga Qur’oni karimdan dalil keltirgan shayx, fatvosini milliy televideniya orqali chiqish qilib tushuntirib, sharhlab berdi.

Bundan tashqari, agar qizlarga qonuniy vakillari nikoh qurishlariga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa mahkamaga murojaat qilishlarini tavsiya qildi.

Jazoirda erga tegish jiddiy muammoga aylangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda 25 yoshdan oshgan va biron marta erga tegmagan qizlarning soni 11 milliondan oshib ketgan. 35 yoshdan oshgan qari qizlarning soni esa 5 million atrofida.

Jazoirda har yili qari qizlarning soni 200 mingga ko‘payib bormoqda. Mamlakat aholisining nufuzi, 2013 yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, 40 millionga etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qizlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini kelinlikka taklif qilishi mumkin