date
views 119

Fastfudga qiziqish bo‘yicha dunyoda kim yetakchi? O‘zbekiston holati qanday?

Fastfudga qiziqish bo‘yicha dunyoda kim yetakchi? O‘zbekiston holati qanday?
Bugungi kunda fastfud – ya’ni tez tayyorlanadigan ovqatlar, butun dunyoda millionlab insonlarning kundalik ovqatlanish odatiga aylangan. Pitsa, burger, kartoshka fri va gazli ichimliklar ko‘plab mamlakatlarda asosiy iste’mol mahsulotiga aylangan. Lekin bu borada eng “ishtahali” davlatlar qaysilar?

Dunyoning fastfud ixlosmandlari
1. AQSH – bu borada mutlaq yetakchi. Statistikaga ko‘ra, amerikaliklarning 83 foizi haftasiga kamida bir marta fastfud iste’mol qiladi, 37 foizi esa har kuni!

2. Buyuk Britaniyada 46 mingdan ortiq fastfud tarmog‘i faoliyat yuritadi. Bu yerda ham aholining katta qismi doimiy mijoz hisoblanadi.

3. Fransiya, Shvetsiya, Avstriya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlarda ham fastfud bozori sezilarli darajada rivojlangan. Masalan, Xitoyda aholining 97 foizi fastfud tanovul qilgani aniqlangan.

Markaziy Osiyo reytingida kim yetakchi?
Mintaqamizda fastfud iste’moli bo‘yicha Qozog‘iston oldinda. Oxirgi yil ichida qo‘shni mamlakat aholisi 3 milliondan ortiq burger iste’mol qilgan – bu butun Markaziy Osiyo bozorining 47 foiziga teng.

O‘zbekiston bu borada qayerda?
Hozircha O‘zbekistonda fastfud iste’moli bo‘yicha aniq statistika mavjud emas. Biroq:
- 2025-yilgacha tayyor ovqatlar bozori hajmi 523 million dollarga yetishi kutilmoqda;
- Bozor yiliga 8 foizdan ziyod o‘smoqda;
- Har bir o‘zbekistonlik uchun bu sohada o‘rtacha 14 dollar daromad prognoz qilinmoqda.

Bu raqamlar fastfudga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. McDonald’s, KFC, Burger King kabi global brendlar bilan bir qatorda mahalliy tarmoq va kafelar ham son jihatdan ortmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fastfudga qiziqish bo‘yicha dunyoda kim yetakchi? O‘zbekiston holati qanday?