date
views 185

Italiya Bosh vaziri Meloni O‘zbekistonga keladi

Italiya Bosh vaziri Meloni O‘zbekistonga keladi
Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining 28–29 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, muzokaralar va rasmiy uchrashuvlar qadimiy Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Aslida, Melonining O‘zbekistonga safari 25–26 aprel kunlari rejalashtirilgan edi. Shuningdek, u Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Italiya” birinchi sammitida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq 21 aprel kuni Rim papasi Fransiskning vafoti tufayli Melonining ham O‘zbekistonga, ham Qozog‘istonga tashriflari keyinga qoldirilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya Bosh vaziri Meloni O‘zbekistonga keladi