
Rossiyada kartoshka tanqisligi tobora jiddiy tus olmoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, o‘tgan yildagi hosil kutilgan darajada bo‘lmagan va zaxiralar deyarli tugagan. U ochiqchasiga tan oldi: mamlakatda kartoshka yetarli emas, hatto doimiy yordam berib kelgan Belarus ham bu safar ko‘mak bera olmaydi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Minsk allaqachon “bor kartoshkasini Rossiyaga jo‘natib bo‘lgan”.
So‘nggi oylarda Rossiyada kartoshka narxlari keskin ko‘tarilib, yil boshidan beri 52 foizga oshgan. Bunga asosiy sabab – hosil past bo‘lgani. 2023-yilda kartoshka yetishtirish 12 foizga kamaydi. Belarusdan olib kirilayotgan mahsulotlar esa mavjud vaziyatni barqarorlashtira olmayapti.
Bundan tashqari, o‘tgan yili yuqori hosil tufayli bozorda narxlar tushib ketganidan keyin rossiyalik dehqonlar kartoshka ekiladigan maydonlarni qisqartirishga majbur bo‘lishdi.
Putin hatto Aleksandr Lukashenkodan qo‘shimcha kartoshka yetkazib berish borasida muzokaralarni davom ettirishni so‘radi. Biroq Belarus ham imkoniyat chegarasiga yetgan – mavjud barcha zaxiralar allaqachon Rossiyaga eksport qilingan. Natijada, Belarusning o‘zida ham narxlar o‘sishni boshlagan va rasmiy Minsk 2021-yilda joriy etilgan Yevropa Ittifoqidan sabzavot va meva olib kirishga qo‘yilgan embargo rejimini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
“Biz rossiyalik do‘stlarimizga yordam berishga tayyormiz. Bu xayriya emas – bu halol savdo, halol daromad. Biz kartoshka yetishtirishni bilamiz, agar imkon bo‘lsa. Har ikkalamizga – o‘zimiz va Rossiyaga – yetadigan miqdorda hosil olishimiz kerak”, — dedi Lukashenko.[b][/b] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar