
Isroil havo kuchlari Livan hududida joylashgan “Hizbulloh” shia harakati bilan bog‘liq bir nechta harbiy nishonlarga aviazarbalar uyushtirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Hujum qilingan obyektlar qatoriga harbiy infratuzilma inshootlari, shuningdek, Isroil tomonining ma’lumotiga ko‘ra, Hizbulloh jangarilari tomonidan foydalanilgan raketa otar qurilmalar kiradi. Zarba berilgan hududlar esa Isroil armiyasi tomonidan terrorchilik faoliyati aniqlangan joylar sifatida baholangan.
Isroil armiyasining ta’kidlashicha, bu hududlardagi Hizbulloh harakatlari va u yerdagi qurol-aslaha zaxiralari Isroil hamda Livan o‘rtasidagi sulh kelishuvlariga mutlaqo zid hisoblanadi.
"Isroil armiyasi davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatga qat’iy javob qaytaradi va Hizbullohning terroristik kuchlarini tiklashga urinishlariga yo‘l qo‘ymaydi", — dedi Isroil mudofaa kuchlari vakili. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar