date
views 665

Ukraina armiyasida iste’fo: general fojia uchun mas’uliyatni tan oldi

Ukraina armiyasida iste’fo: general fojia uchun mas’uliyatni tan oldi
Ukraina Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Mixail Drapatiy o‘z lavozimidan ketish uchun ariza topshirdi. Bu qarorga general Dnepropetrovsk viloyatidagi 239-o‘quv poligonida sodir bo‘lgan fojia sabab bo‘lganini aytib, ushbu holat uchun shaxsiy mas’uliyatini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlarining o‘quv markaziga raketa zarbasi bergan edi. Ushbu zarba oqibatida 12 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lib, yana 60 dan ortiq kishi og‘ir va yengil jarohatlar olgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng harbiy doiralar va jamoatchilikda jiddiy muhokamalar va norozilik kayfiyati kuchaydi.

Mixail Drapatiy o‘zining shaxsiy Facebook sahifasida bunday dedi: «Men ushbu fojianing yuz berishida shaxsan o‘zimni aybdor deb hisoblayman. Qo‘mondon sifatida, buyruqlarimning bajarilishini ta’minlay olmadim, askarlarimning xavfsizligini to‘liq ta’minlay olmadim. Men bu masalada yetarli darajada qat’iy bo‘lolmadim va bu mening mas’uliyatimdir».

General o‘zining lavozimidan iste’foga chiqishi sababini tushuntirar ekan, harbiy jamoaga kuchli murojaat qildi: «Qo‘mondoni shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan armiya tirik qoladi. Yo‘qotishlar uchun hech kim javobgarlikni zimmasiga olmagan armiya ichida o‘ladi. Shu sababli, men bu qarorni ongli ravishda qabul qildim va vaziyatga rasmiy munosabat bildiraman».

General Drapatiy shunday fojialar takrorlanmasligi uchun jiddiy tekshiruvlar o‘tkazish va armiya ichidagi qoidalarni qat’iylashtirishga chaqirdi. Shuningdek, komandirlarning mas’uliyatini oshirish, panagohlarning holatini yaxshilash, xavfsizlik va ogohlantirish tizimlarini modernizatsiya qilishni talab qildi.

«Or-nomus bu gap emas, bu harakatdir. Faqat shuni anglab yetish va amal qilish orqaligina biz bu jangda g‘olib bo‘lamiz. Har bir komandir o‘zining har bir buyrug‘i, qarori va askari uchun javobgar bo‘lishni o‘rganishi kerak», — deb yozdi general Mixail Drapatiy.

Shu bilan birga, Drapatiy o‘zining shaxsiy mas’uliyatini olib, jamiyatdagi harbiy rahbarlar uchun yangi bir namuna ko‘rsatmoqda. Ukraina jamoatchiligi ushbu qarorni hurmat bilan kutib oldi va harbiy rahbariyatdan kelajakda shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qat’iy choralar ko‘rishini talab qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina armiyasida iste’fo: general fojia uchun mas’uliyatni tan oldi