
AQSH siyosiy sahnasida yana bir shov-shuvli voqea yuz berdi. Buyuk tadbirkor Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent o‘rtasida Oq uyda keskin tortishuv kelib chiqqan va bu o‘zaro jismoniy to‘qnashuvga aylangan. Bu haqda Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon ma’lum qildi.
Bennonga ko‘ra, bu voqea 2024 yil aprel oyida Oval kabinetdagi muhokamadan so‘ng, chiqish yo‘lagida ro‘y bergan. Bessent Maskni "firibgar" deb ataydi, shundan so‘ng Mask unga yelkasi bilan zarba beradi. Javob sifatida Bessent ham unga qarshi harakat qiladi. Voqea qizigandan keyin atrofdagi shaxslar ularni ajratishga majbur bo‘lgan.
«Mask shundan keyin Oq uyning G‘arbiy qanotidan chiqarib yuborildi», — deydi Bennon. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp voqeadan xabardor bo‘lib, buni «haddan oshish» deb atagan.
Janjalning ildizi AQSH Soliq xizmati rahbarligidagi tayinlov masalasiga borib taqaladi. Mask o‘z itiboratini Geri Shepli nomzodiga qaratgan bo‘lsa, Bessent esa moliya vaziri o‘rinbosari Maykl Folkenderni ko‘rishni xohlagan. Natijada Maskning bu jarayonda Bessentni chetlab o‘tgani uning g‘azabini keltirgan.
Mask may oyining oxirida davlat xizmatini tark etishini ma’lum qilgan va Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan yangi budjet va soliq islohotlarini "jirkanch buzuqlik" deb tanqid qilgandi.
Bir necha kun o‘tib, 5 iyun kuni ularning munosabatlari yanada keskinlashdi. Mask “Epshteyn fayllari” deb nomlangan hujjatlarda Trampning ismi borligini e’lon qildi. Shuningdek, u o‘z qo‘llab-quvvatlovisiz Tramp saylovlarda g‘alaba qozona olmasligini, Kongressda respublikachilar ustunlikka erishmagan bo‘lardi, deya ta’kidladi.
Tramp bu bayonotlarga javoban, Mask boshqarayotgan kompaniyalarni davlat subsidiyalaridan mahrum qilish bilan tahdid qildi.
Oradan ikki kun o‘tgach, Mask o‘zining “Epshteyn fayllari” haqidagi postini o‘chirib tashladi. Tramp esa jurnalistlar bilan suhbatda: «Men unga qiziqmayapman», — deya munosabat bildirdi. The Washington Post yozishicha, Tramp o‘z atrofidagilarni «olovga moy sepmaslik»ka chaqirgan, vitse-prezident Jey Di Vensga esa Mask mavzusida ommaviy chiqishlarda ehtiyotkor bo‘lishni maslahat bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar