date
views 288

80 million yillik sir: yangi tiranozavr turi topildi

80 million yillik sir: yangi tiranozavr turi topildi
Kanadalik olimlar tomonidan dinozavrlar olamida yana bir muhim kashfiyotga erishildi — ular tomonidan ilgari noma’lum bo‘lgan, 80 million yil muqaddam Yer yuzida yashagan yangi dinozavr turi aniqlandi. Bu haqda Amerikadagi ABC telekanali ma’lum qildi.

Khankhuuluu mongoliensis deb nomlangan ushbu jonzot — mashhur tiranozavrning yaqin qarindoshi hisoblanadi. Olimlar bu turni “kichik tiranozavr” deb atashmoqda. Uning taxminiy og‘irligi 770 kilogramm, tana uzunligi esa 4 metrga yaqin bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu turga oid ilk topilmalar 1970-yillarda Mo‘g‘ulistondagi mashhur Gobi cho‘lida aniqlangan. O‘shanda o‘rtacha hajmdagi ikki to‘liq bo‘lmagan skelet topilgan, ammo ular uzoq vaqt davomida to‘liq o‘rganilmagan va boshqa turga mansub deb hisoblangan. Faqatgina 2023-yilda bu qazilma qoldiqlar yangidan tahlil qilinib, butunlay yangi tur ekani isbotlandi.

Kalgari universitetining tabiiy fanlar fakulteti dots.nti ta’kidlashicha, bu topilma tiranozavrlar turlarining evolyutsiya tartibiga va kech bo‘r davrida ularning geografik tarqalishiga yangi farazlar keltirishi mumkin.

Mutaxassislar ushbu tur kelajakda paleontologiya sohasida yangi tadqiqotlarga turtki bo‘lishi va bu boradagi bilimlarimizni yanada boyitishini ta’kidlashmoqda.

Qadimiy hayot sirlari borasidagi bunaqa kashfiyotlar — faqat tarix emas, balki kelajak uchun ham katta ahamiyatga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 80 million yillik sir: yangi tiranozavr turi topildi