
Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat yanada keskinlashmoqda. Eron davlat axborot agentligi — IRNA xabariga ko‘ra, mamlakat maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil harbiy samolyotining uchuvchisini qo‘lga olgan. Hozircha mazkur xabar rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, vaziyat jiddiylik kasb etmoqda.
IRNA ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan uchuvchi Eron hududiga noqonuniy ravishda kirgan, keyinroq u urib tushirilgan samolyotdan qutulib qolgan holda qochishga uringan. Maxsus xizmatlar uni hibsga olish jarayonida yuqori darajadagi maxfiy operatsiyani amalga oshirgani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, Eron politsiyasi mamlakatda xavfsizlik choralarini keskin oshirgan. Barcha yo‘llarda harakatlanayotgan yuk mashinalari va pikaplar to‘xtatilib, hujjatlari sinaqdan o‘tkazilmoqda. Hujjatsiz harakatlanayotgan transport vositalari ushlanib, maxsus tekshiruvga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, qo‘shni Iroq osmoni ham vaqtincha yopilgani ma’lum qilindi. Hukumat 19:00 gacha barcha havo qatnovlarini to‘xtatgan, faqat bitta aeroport faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan.
Mutaxassislar bu harakatlarni xavfsizlik bo‘yicha oldindan ko‘rilgan choralar sifatida baholamoqda. Xalqaro tahlilchilar esa Eron-Isroil o‘rtasidagi ehtimoliy keskinlik yangi bosqichga o‘tishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Zamin.uz tahririyati vaziyatni kuzatishda davom etadi va rasmiy bayonotlar e’lon qilinishi bilan sizga yetkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar