
Buyuk Britaniya tashqi siyosatidagi faol qadamlaridan biri sifatida Rossiyaga nisbatan yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda. Yangi tayinlangan bosh vazir Kir Starmerning yaqin orada chiqish qilishi va aynan shu masalada muhim bayonot berishi kutilmoqda. Bu haqda Sky News telekanali Starmer devoni bayonotiga asoslanib xabar tarqatdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Starmer o‘z nutqida nafaqat Buyuk Britaniyaning yangi sanksiyalar paketini e’lon qiladi, balki xalqaro ittifoqchilarni ham Rossiyaga bosimni kuchaytirishga undaydi. U “endilikda bu imkoniyatdan foydalanish va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni oshirish vaqti keldi”, deya ta’kidlamoqchi.
Telekanal manbalarining qayd etishicha, London pozitsiyasi qat’iy: sanksiyalar yengillashmaydi, aksincha, kuchayib boradi — to Moskva "to‘liq va shartsiz" ravishda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha.
Yangi chora-tadbirlar nimalardan iborat bo‘lishi hozircha ochiqlanmagan, biroq Buyuk Britaniya hukumati o‘z ittifoqchilaridan bu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash kutmoqda va kelgusida umumiy harakatlar muhim rol o‘ynashini alohida urg‘ulamoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu harakat Yevropa va G‘arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan muvofiqlashtirilgan strategik bosimini yanada kuchaytiradi. Ayni vaqtda, bu sanksiyalar Rossiyaning iqtisodiy va geosiyosiy faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi yaqin haftalarda ayon bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar