
Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan Amerika havo hujumlaridan so‘ng, Vashington tomonidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi. NBC News manbalariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati yaqin 48 soatni alohida xavfli deb baholamoqda va ehtimoliy qasos zarbalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Amerikada ichki va tashqi tahdidlardan xavotir kuchaydi
Pentagon va Oq uydagi manbalar ta’kidlashicha, Eron tomonidan zarbalarga javob ichki – AQSH hududidagi strategik obyektlarga yoki xorijdagi harbiy bazalarga bo‘lishi mumkin. Shu bois, Amerika harbiylari va diplomatik vakolatxonalari butun dunyo bo‘ylab yuqori tayyorgarlik holatida.
Ayniqsa, 13 iyun kuni Isroilning Eronga qarshi urush harakatlarini boshlagani Vashingtonda keskin xavotir uyg‘otgan. AQSH tomoni bu mojaro ortidan ehtimoliy ko‘lamli javob operatsiyalariga tayyorlanmoqda.
Hujum, uning oqibati va BMTning munosabati
22 iyunga o‘tar kechasi AQSH tomonidan amalga oshirilgan havo hujumida B-2A Spirit bombardimonchi samolyoti orqali Eronning Natanz, Isfahon va Fordo yadroviy obyektlariga zarba berilgani ma’lum qilingan. Prezident Donald Trampning ta’kidlashicha, asosiy yadro markazlari butunlay yo‘q qilingan.
Bu voqeadan so‘ng Eron xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi. Mamlakat BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni so‘ragan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa AQSHning bir tomonlama harakatlaridan chuqur xavotir bildirgan.
Kelgusi kunlar nimalarni olib keladi?
Hozircha Eron tomonidan qanday javob choralari ko‘rilishi aniq emas. Ammo suhbatdoshlar ehtimoliy zarbalar nafaqat harbiy bazalar, balki AQSH hududidagi strategik obyektlarga ham qaratilishi mumkinligini aytishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar