
Braziliya prezidenti Lula da Silva xalqaro maydonda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan bayonot berdi, deb xabar berdi Folha de S.Paulo. Unga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Trampning BRIKS mamlakatlari va ularning hamkorlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish bo‘yicha tahdidlari mas’uliyatdan yiroq va xavfli hisoblanadi.
Lula da Silva jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi: “Menimcha, Amerika Qo‘shma Shtatlaridek davlat rahbarining internet orqali tinchlik va global hamkorlikka tahdid solishi jiddiy va mas’uliyatli qaror emas.”
Braziliya rahbari, agar AQSH bojlar yoki iqtisodiy cheklovlar joriy etsa, BRIKS mamlakatlari va ularning hamkorlari ham o‘z himoya choralarini ko‘rishga to‘la haqli ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, global savdo va iqtisodiy munosabatlar tahdid va bosimlarga emas, muzokaralar va o‘zaro hurmatga asoslanishi kerak.
Mutasaddilarga ko‘ra, Trampning bunday bayonotlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yangi keskinliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ekspertlar esa, Braziliya va BRIKS davlatlari AQSH bosimiga qarshi qat’iy pozitsiyada bo‘lishini kutmoqda.
Zamin.uz esa, xalqaro siyosatdagi eng muhim o‘zgarishlar, savdo munosabatlari va global iqtisodiy qarama-qarshiliklar haqida o‘z o‘quvchilarini tezkor va xolis ma’lumotlar bilan ta’minlashda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar