
Amerikada fuqarolik huquqlari borasida yangi tortishuv avj olmoqda — Nyu-Xempshir federal sudi AQSH prezidenti Donald Trampning mamlakatda tug‘ilganlarga avtomatik fuqarolik berishni cheklovchi ijroiya farmoyishini blokladi. Bu qaror Amerika Fuqarolik Erkinliklari Uyushmasi tomonidan berilgan da’vo asosida qabul qilindi va farmoyishni noqonuniy deb baholadi.
Mazkur farmoyishga ko‘ra, agar AQSHda tug‘ilgan bolaning onasi mamlakatga vaqtinchalik kelgan bo‘lsa va otasi bola tug‘ilgan paytda Amerika fuqarosi yoki doimiy rezident bo‘lmasa, unda bolaga avtomatik fuqarolik berilishi rad etiladi. “Amerika fuqaroligining ma’nosi va qadr-qimmatini himoya qilish” deb atalgan bu hujjat 2025 yil 20 yanvar kuni prezident Tramp tomonidan imzolangan edi. Bu tarixiy farmoyish Amerikada tug‘ilgan ko‘plab bolalarning fuqarolik maqomini qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi kutilgandi.
Qayd etish joiz, 29 iyun kuni AQSH Oliy sudi federal sudlar bunday farmoyish ijrosini butun mamlakat bo‘ylab to‘liq to‘xtatib qo‘yish vakolatiga ega emasligi haqida qaror qabul qildi. Shu bilan birga, ayrim shtatlar hududida sud blokirovkalari amal qilishi mumkinligi, ammo umummilliy miqyosda qaror kuchga kirmasligi ta’kidlandi.
Huquqshunoslar va jamoatchilikda ushbu masala bo‘yicha jiddiy bahslar davom etmoqda. Ayrimlar bu farmoyishni AQSH Konstitutsiyasiga zid, deb baholamoqda, boshqalar esa Amerika fuqaroligining qadr-qimmatini saqlash uchun muhim qadam, deb hisoblamoqda.
Qanday bo‘lmasin, Trampning bu farmoyishi va uning sudda bloklanishi AQSHda fuqarolik haqidagi tushunchalar, qonunchilik va inson huquqlari masalasida yangi davrni boshlab berishi mumkin. Vaqt ko‘rsatadi: Amerikada tug‘ilganlik va fuqarolik huquqlariga oid bahslar qanday yakun topadi va bu qarorlar kelajakdagi siyosiy jarayonlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yangi qarorlar va sud muhokamalari Amerika fuqaroligining kelajagi uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab berishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar