
"Barselona" yosh yulduzi Lamin Yamalning 18 yoshga to‘lgani munosabati bilan uyushtirilgan ziyofat futbol jamoatchiligi va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Yeuropa Rress. Kechadan so‘ng axondroplaziya va skelet-displaziyadan aziyat chekuvchi shaxslar uyushmasi rasmiy bayonot berib, ushbu tadbirda qisqa bo‘yli insonlar faqat ko‘ngilochar maqsadda jalb etilgani haqida o‘z e’tirozini bildirdi. Bu vaziyat Ispaniya ijtimoiy huquqlar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.
Voqeaga munosabat bildirgan Yamalning otasi Munir Nasraui shunday dedi: "Hayotda farzandimiz bilan faxrlanishimiz kerak. Uni tanqid qilganlar esa, avvalambor, o‘zlariga nazar solishsin. Agar u haqiqatan noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, men, uning otasi sifatida, albatta, unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan bo‘lar edim. Ammo bu yerda hech qanday qonunbuzarlik yo‘q. Agar kimdadir shubha paydo bo‘lsa, politsiyaga murojaat qilsin. Barchasi joyida, Xudo hammani asrasin, bir-birimizga rostgo‘y bo‘laylik. Rahmat sizlarga".
Yamalning 18 yoshlik tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan kechada jamoadoshlari, mashhur strimerlar, inflyuenserlar va musiqachilar ishtirok etgani xabar qilingan. Aytish joiz, Yamal o‘zining yangi yoshini katta bayram bilan nishonladi va ushbu marosim muxlislar va OAV e’tiborini yanada oshirdi.
Voqea ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar paydo bo‘ldi. Ayrimlar kichik bo‘yli insonlarning faoliyatini hurmat qilish kerakligini ta’kidlasa, boshqalar futbolchi va uning oilasini qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi. Ammo Munir Nasraui tomonidan aytilgan ochiq va samimiy javob jamoatchilikda yangi muhokamaga sabab bo‘ldi.
Mazkur mojaro ortidan jamoatchilik, muxlislar va ekspertlar o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Kichik bo‘yli insonlar huquqlari, jamoatchilik nazorati va futbol yulduzlari shaxsiy hayoti masalalari yana bir bor diqqat markaziga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar