Filippinning Sebu shahrida joylashgan savdo markazida “Claw King” nomli jahondagi eng katta o‘yinchoq avtomati ishga tushirildi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Claw King — odatiy o‘yinchoq avtomatlariga o‘xshash tarzda ishlaydi, ammo o‘lchami bilan ulardan keskin farq qiladi. Uning uzunligi taxminan 5 metrni (17 fut), eni 2,5 metrni (8,12 fut), balandligi esa 4 metrni (12 fut) tashkil etadi. Mazkur ulkan avtomat rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Avtomatni joriy etgan kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida shunday yozadi:
«Bu — epik natija. Biz bu yutuqni Sebu shahri bilan bo‘lishishdan baxtlimiz va ushbu jahon rekordini uyga olib kelganimizdan g‘oyat faxrlanamiz!»
Ushbu yutuq nafaqat mahalliy aholi, balki butun mamlakat uchun madaniy va tijoriy yutuq sifatida qaralmoqda. Claw King hozirda nafaqat bolalar, balki kattalarning ham diqqat markazida.
Aytish kerakki, o‘yinchoq avtomatlari ba’zan faqat hordiq uchun emas, balki daromad manbasiga ham aylanishi mumkin. Ilgariroq, AQSHda bir kishi shunday avtomatlardan olingan o‘yinchoqlarni sotish orqali minglab dollar ishlagani xabar qilingan edi. U avtomatdagi mexanik kalta porloq qo‘lni qanday qilib samarali ishlatish bo‘yicha shaxsiy strategiya ishlab chiqqan.