Bugun 9 dekabrda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening hokimiyat tepasida qolishi masalasi hal etiladi. Gap shundaki, mamlakat parlamenti davlat rahbari taqdirini ko‘rib chiqadi. Mazkur masala bo‘yicha ovoz berish jarayoni bir palatali Milliy majlisda o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
Bunga Pak Kin Xe atrofida ro‘y bergan korrupsiya mojarosi va uning dugonasi Soy Sun Silning prezident bilan tanishligidan g‘arazli maqsadlarda foydalangani fosh etilgani sabab bo‘ldi. U turli yirik korporasiyalardan xayriya maqsadlarida pul o‘tkazmalari olgani etmaganidek, davlat ishlariga ham aralashgan, prezident ma’ruzalariga tuzatishlar kiritgan.
Impichment e’lon qilinishi uchun parlamentning 300 deputatidan 200 nafari loyihani qo‘llab-quvvatlashi lozim. Hukmron "Senuri" ("Yangi gorizontlar") partiyasi Milliy majlisda etakchilik qilishi hisobga olinsa, uning kamida 28 nafar a’zosi ham impichmentni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
"Senuri" partiyasining prezidentga qarshi guruhi 40 ta shunday ovozni kafolatlagan.
Agar impichment qabul qilinsa, bu Janubiy Koreya tarixida ikkinchi shunday siyosiy voqelik bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval, mamlakat parlamenti 2004 yilda Demokratik kuchlari vakili No Mu Xyonni prezidentlikdan chetlatishga qaror qilgan edi. Mahalliy nashrning yozishicha, Pak Kin Xe o‘shanda deputat sifatida impichment uchun ovoz bergandi.
Garchi so‘nggi qarorni Konstitusiyaviy sud qabul qilsa-da, endilikda, Pak Kin Xening boshiga ham shundy ko‘rgiliklar soya solmoqda. No Mu Xyon bilan bog‘liq hodisada sud impichmentni rad etgan, shunga ko‘ra, bu safar ham hal qiluvchi so‘zni yana sud aytadi.
Rasman Pak Kin Xe vakolati 2018 yil fevralida poyoniga etadi. Agar ushbu mojaro bo‘lmaganida, davlat rahbarligi uchun saylov 2017 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Shunday qilib, impichment e’lon qilinsa, Pak Kin Xe vakolatlarini topshiradi, Konstitusiyaga ko‘ra, bosh vazir muvaqqqat prezident bo‘ladi. U Konstitusiyaviy sud qarorigacha bu vazifani bajarib turadi. Sud tarkibidagi 9 nafar hakamdan 6 nafari olti oy mobaynida impichmentni ma’qullasa, u kuchga kiradi. Ikki oy ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.
Mabodo, impichment loyihasi qabul qilinmasa, prezident Pak Kin Xe o‘zi va’da qilganidek, 2017 yil aprelida iste’foga chiqishi mumkin. Va iyun oyida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”