Hindistonda tug‘uruqdagi fojia: chaqaloq qo‘li uzilgan holda tug‘ildi

1 daqiqa o'qish2.7K
Hindistonda tug‘uruqdagi fojia: chaqaloq qo‘li uzilgan holda tug‘ildi

Hindistonning Xaryana shtatida sodir bo‘lgan juda dahshatli tibbiy fojea butun jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 iyul kuni mahalliy shifoxonalarning birida tug‘uruq jarayoni paytida shifokorlar ehtiyotsizligi sabab yangi tug‘ilgan chaqaloqning qo‘li uzilib ketgan. Bu haqda hodisadan bir necha kun o‘tib, “The Times of India” va boshqa mahalliy OAVlar orqali ma’lum bo‘ldi.

Guvohlar va chaqaloqning oila a’zolari aytishicha, tibbiyot xodimlari tug‘uruq paytida kerakli ehtiyot choralariga amal qilmagan va qo‘pol harakatlar tufayli chaqaloq og‘ir jarohat olgan. Eng dahshatlisi, voqeadan keyin oila a’zolari shifokorlardan tushuntirish talab qilganida, tibbiyot xodimlari ularga haqorat qilib, shifoxonadan haydab chiqargan.

Vaziyatning keskinlashishi natijasida chaqaloq boshqa shifoxonaga olib borilgan. Haryana inson huquqlari komissiyasi hodisaga rasmiy ravishda aralashib, uni Hindiston Konstitutsiyasining 21-moddasida kafolatlangan hayot va sog‘liq huquqining qo‘pol buzilishi sifatida baholadi. Komissiya shuningdek, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidagi 6- va 19-moddalar ham buzilganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, konvensiyaning 6-moddasi har bir bolaning tug‘ilgan ondan boshlab yashash huquqiga egaligini belgilaydi. Davlatlar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek ularning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun barcha zarur choralar ko‘rishga majbur. 19-modda esa bolalarni har qanday zo‘ravonlik, e’tiborsizlik va yomon muomaladan himoya qilish uchun qonunchilik va ijtimoiy tizimlar orqali profilaktika choralarini joriy etishni talab qiladi.

Bu fojea Hindistonda tibbiy xizmat sifati va tibbiyot xodimlari mas’uliyati bo‘yicha jiddiy savollar tug‘dirdi. Jamoatchilik va huquq himoyachilari hodisani to‘liq tergov qilish, aybdorlarni jazolash va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun qonunchilikda islohotlar o‘tkazishni talab qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?