date

Indoneziyada bepul maktab ovqatidan ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi

Indoneziyada bepul maktab ovqatidan ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi

  Indoneziyaning Markaziy Yava viloyatida joylashgan Sragen shahrida kecha, 14 avgust kuni, mamlakat miqyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan salomatlik hodisasi qayd etildi. Prezident Prabovo Subianto tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bepul maktab tushligi dasturi doirasida ovqatlangan 360 dan ortiq o‘quvchi va fuqaro zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Independent” nashri xabar tarqatdi.

Shohidlarning aytishicha, maktab o‘quvchilaridan biri kechasi kuchli qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va diareya bilan uyg‘ongan. U ijtimoiy tarmoqlarda sinfdoshlarining ham xuddi shunday shikoyatlar qilganini ko‘rgach, sababning ovqatdan zaharlanish ekanini tushungan. Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu bepul ovqat dasturi yo‘lga qo‘yilganidan beri qayd etilgan eng yirik ommaviy zaharlanish holati hisoblanadi.

Markaziy Yava viloyati Sigit nomli mas’ul shaxsi jurnalistlarga bergan izohida:
— Laboratoriya tahlil natijalari chiqmaguncha, ushbu oshxonadan ovqat tarqatishni vaqtincha to‘xtatishni so‘radik, — dedi.

Milliy ovqatlanish agentligi rahbari Dadan Hindayana esa, avvalgi ayrim zaharlanish hodisalaridan so‘ng oshxonalar faoliyati va oziq-ovqat yetkazib berish jarayonlariga qo‘yiladigan sanitariya standartlari kuchaytirilganini ta’kidladi.

Bepul maktab tushligi dasturi Prabovoning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan biri edi. Ko‘p milliard dollarlik bu tashabbus mamlakat aholisi turmush sifati oshishi va iqtisodiy o‘sishga ijobiy turtki berishini maqsad qilgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday dasturlar yosh avlod salomatligiga investitsiya bo‘lib, ularning kelajakdagi bilim olish va rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiradi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutassaddilar aholiga rasmiy ma’lumotlar va tavsiyalar chiqqanigacha ehtiyot choralariga rioya qilishni tavsiya etmoqda. Bu esa, avvalo, maktablarda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi yanada qat’iy nazoratga olinishini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada bepul maktab ovqatidan ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi