date

Zelenskiy atrofidagilar: sammitda ilgarilash yo‘q, vaziyat juda g‘alati...

Zelenskiy atrofidagilar: sammitda ilgarilash yo‘q, vaziyat juda g‘alati...

AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin sammiti yakunlari bo‘yicha hech qanday taraqqiyotga erishilmadi, deb hisoblamoqda Vladimir Zelenskiy atrofidagilar. Bu haqda Financial Times muxbiri Kristofer Miller Ukraina prezidentiga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

Ukraina prezidentining ismi oshkor etilmagan yordamchisi aytishicha, Amerika tomoni hozircha Zelenskiy bilan aloqaga chiqmagan. U vaziyatni «juda g‘alati» deb atagani ma’lum qilindi. Ukraina yetakchisiga yaqin yana bir suhbatdosh esa Alyaskadagi uchrashuvni «ahamiyatsiz» deya ta’rifladi.

Shu bilan birga, Trampning o‘zi matbuot anjumanida yaqin orada Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, sammit natijalarini yetkazishini bildirdi. U, shuningdek, NATO vakillari bilan ham bog‘lanishini aytdi va bu haqda quyidagicha qayd etdi: «Tez orada NATO vakillariga qo‘ng‘iroq qilaman. Men o‘zim munosib deb bilgan bir qator odamlarga qo‘ng‘iroq qilaman. Men, albatta, prezident Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, bugungi uchrashuv haqida xabar beraman», dedi u.

Ma’lumot uchun, Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uchrashdi, yakunda hech qanday kelishuv bo‘lmadi. Prezidentlar Ankorijdagi harbiy baza hududida muzokara olib bordi, shundan so‘ng matbuot vakillari oldiga chiqib, o‘z bayonotlarini o‘qib eshittirdi. Keyinroq prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy atrofidagilar: sammitda ilgarilash yo‘q, vaziyat juda g‘alati...