Rossiyada boshiga kirgan 12 sm mixdan tirik qolgan erkak

1 daqiqa o'qish254
Rossiyada boshiga kirgan 12 sm mixdan tirik qolgan erkak

Rossiyada hayratlanarli tibbiy holat qayd etildi. Nijniy Novgorod shahrida yashovchi bir erkak boshiga uzunligi 12 santimetrlik ulkan mix kirib ketishiga qaramay, tirik qoldi. Bu voqea shifokorlar tomonidan haqiqiy mo‘jiza sifatida baholanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jarrohlar operatsiyani neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Aleksandr Lavrenyuk va tajribali shifokor Pavel Smirnov rahbarligida amalga oshirishgan. Amaliyot uch soatdan ziyod davom etgan bo‘lib, mutaxassislar bemorning bosh suyagidan mixni ehtiyotkorlik bilan olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan.

Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli og‘ir bo‘lgan. U shifoxonada jami 53 kun davolandi, shundan 40 kuni reanimatsiya bo‘limida koma holatida o‘tgan. Tabiblarning qat’iyatli sa’y-harakatlari va uzoq reanimatsiya choralari natijasida erkak hayotga qaytarildi.

Hozirda bemor reabilitatsiya jarayonidan o‘tmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u jismoniy holati barqaror bo‘lib, sekin-asta kundalik hayotga qaytmoqda. Shifokorlar esa bu holatni nafaqat tibbiy muvaffaqiyat, balki kuchli iroda va hayot uchun kurashning yorqin namunasi sifatida baholamoqda.

Mutahassislar ta’kidlashicha, mix kabi qattiq predmetning bosh suyagidan o‘tishi ko‘p hollarda inson hayotini yo‘qotishga olib keladi. Biroq bu holatda kutilmagan mo‘jiza yuz berdi — hayotiy muhim a’zolar zararlanmagan va jarrohlarning professional ishi bemorning hayotini saqlab qoldi.

Tabiiyki, bu voqea nafaqat Rossiya, balki butun dunyo tibbiyoti tarixida o‘ziga xos misol bo‘lib qolishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?