O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda ikki mamlakatning ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Rossiya Prezidenti Putin 15 avgust kuni Ankorij shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSH sammitining asosiy natijalari haqida ma’lumot berdi.
Shavkat Mirziyoyev, Ukraina atrofidagi vaziyatning tez fursatda tartibga solinishini kutishini bildirib, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadallashishi va yangi kooperativ loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan harakatlarni ham kuzatish kerakligini ta’kidladi. Shunga qo‘shimcha, barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirishning ahamiyatiga urg‘u berildi.
15 avgust kuni AQSHning Alyaska shtatida Tramp va Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar 2 soat 45 daqiqa davom etgan bo‘lib, ikkala rahbar ham Ukraina masalasida kelishuvga erishilmaganini ta’kidlashdi. Putin bu muzokaralarni samarali deb atab, Rossiya Ukraina bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishlashga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, 27 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskdagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti chog‘ida uchrashgan, Ukraina masalasi muhokama qilingan. 8 iyul kuni esa ular telefon orqali yana bir marotaba muloqot qilishgan.
To‘qayev, Putinning Ankorijdagi uchrashuvini tarixiy sammit sifatida qadrlab, ikki mamlakat rahbarlarining Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha amaliy muzokaralar olib borishga tayyor ekanini bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!