AQSHda bo‘lib o‘tgan BMW Championship golf turnirida kutilmagan holat qayd etildi. Britaniyalik mashhur golfchi Tommi Flitvudning zarbasidan keyin top teshikdan bir necha millimetr uzoqlikda to‘xtagan edi, deb yozmoqda Pravilamag.
Bir necha soniya davomida top harakatsiz qoldi, ammo kutilmaganda u baribir teshikka kirib ketdi. Qaytarilgan videoyozuvda esa bu g‘aroyib holatga pashsha sababchi bo‘lgani aniqlandi — nasimakash hasharot top ustidan uchib o‘tib, uni “itarayotgandek” harakat qilgan va natijada top teshikka tushgan.
Flitvud bu zarba orqali “byordi” qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat unga musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Shu bilan birga, u 910 ming AQSH dollari miqdoridagi yirik mukofotni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, golf maydonida kichik pashsha katta natijaga ta’sir ko‘rsatdi va sport olamida qiziqarli muhokamalarga sabab bo‘ldi.