AQSH 6000 talaba vizasini bekor qildi

1 daqiqa o'qish1.5K
AQSH 6000 talaba vizasini bekor qildi

AQSH Davlat departamenti 6000 dan ortiq xalqaro talabaning vizasini bekor qilishni amalga oshirdi. Bu qaror talabalarning mamlakat qonunlarini buzishi va vizaning amal qilish muddatidan oshib ketishi sabab bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rasmiylar ma’lumotlariga ko‘ra, viza bekor qilinishiga sabab bo‘lgan huquqbuzarliklar asosan tajovuz, mast holda transport boshqarish, o‘g‘irlik va "terrorizmni qo‘llab-quvvatlash" kabi juda og‘ir huquqbuzarliklar bilan bog‘liq. “Terrorizmni qo‘llab-quvvatlash” atamasi ostida nimalar nazarda tutilayotgani aniqlanmagan. Avvallari Tramp ma’muriyati, Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik bildirgan talabalarni ham antisemitizmda ayblab, ularni maqsad qilib olishgan edi.

Tanlangan 4000 ta viza beqar qilingan huquqbuzarliklarga, yana 200–300 tasi esa "INA 3B" bandiga ko‘ra "terrorchilik faoliyati" bilan bog‘liq ayblovlar tufayli bekor qilingan. Ushbu kodeks "inson hayotiga xavf tug‘diruvchi yoki AQSH qonunlarini buzuvchi" harakatlarni terrorchilik sifatida belgilaydi.

Tramp ma’muriyati xalqaro talabalarga nisbatan viza jarayonlarini keskinlashtirdi. 2024 yilning boshida talaba vizalarini tayinlash vaqtincha to‘xtatilgan va iyun oyidan so‘ng, abituriyentlardan ijtimoiy tarmoqlarini ochiq qilish talab qilingan. Shundan keyin, ular "fuqarolarga, madaniyatga, hukumatga yoki AQSHning asosiy tamoyillariga dushmanlik belgilarini" aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio may oyida Kongressga bergan bayonotida yanvar oyidan buyon "minglab vizalar bekor qilinganini" ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat "mehmonga kelib, ta’lim muassasalarida tartibni buzayotgan" talabalarni mamlakatdan chiqarishni davom ettirmoqda.

Biroq, demokrat qonunchilar bu choralarni tanqid qilishgan va Tramp ma’muriyatining xalqaro talabalar vizasini bekor qilishini "qonuniy jarayonga hujum" deb atashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?