17 yoshli qiz sevgilisini qul sifatida sotib yubordi

1 daqiqa o'qish3K
17 yoshli qiz sevgilisini qul sifatida sotib yubordi

Xitoyda sodir bo‘lgan bu voqea nafaqat mahalliy, balki xalqaro jamoatchilikni ham shok holatiga soldi. 17 yoshli qiz o‘zining 19 yoshli sevgilisini Myanmadagi firibgarlarga 14 ming dollarga qul sifatida sotib yubordi, deb xabar berdi “Thaiger” nashri. Yoshlikdagi “sevgi va ishonch” illyuziyasi qanday hamda qanchalik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi bu voqea orqali yana bir marta namoyon bo‘ldi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yigit va qiz billiardxonada tanishgan. Suhbat davomida qiz Myanmadagi badavlat ota-onasi haqida maqtanib, yigitga ish topishda yordam berishni va’da qilgan. “Muhabbatning azobi” ostida qolgan yigit bu va’daga ishonib, joriy yilning fevralida sevgilisi bilan birga Bangkokka yo‘l olgan.

Biroq ular Tailand va Myanma chegarasiga borgan vaqtda yo‘lda o‘zaro nizoga kirishgan. Ana shu paytda yigitga qurollangan shaxslar hujum qilib, uning telefon va pasportini tortib olgan. Keyingi to‘rt oy davomida yigit asirlikda saqlangan, unga doimiy ravishda qiynoqlar qo‘llanilgan: sochlari qirib tashlangan va onlayn firibgarlik bilan shug‘ullanishiga majbur qilingan. Me’yorlarni bajarmasa, uning beliga temir tayoq bilan urishgan. Bu doimiy qiynoqlar oqibatida yigit 10 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotgan va qisman eshitish qobiliyatidan ayrilgan.

Shu vaqt mobaynida bosqinchilar yigitning oilasi bilan bog‘lanib, 48 ming dollar miqdorida tovon talab qilgan. To‘rt oy ichida kerakli mablag‘ to‘planganidan so‘ng, yigit ozod qilingan. Bu vaqtda qiz esa Tailandda dam olayotgan bo‘lib, Xitoyga qaytganda qo‘lga olingan. Hozirda u firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sud oldida turibdi.

Jabrlanuvchining singlisi bu voqea haqida shok holatini ta’riflab shunday dedi: “U atigi 17 yoshda. Kim o‘ylabdi, u bunday yovuzlikka qo‘l uradi deb? U shunday jirkanch ishlarni qilishiga aql bovar qilmaydi”.

Bu voqea yoshlar orasidagi ishonch, muhabbat va xatarli hamkorlik masalalarini yana bir marta diqqat markaziga olib keldi. Ma’naviy tarbiya, shaxsiy xavfsizlik va oilaviy munosabatlar haqidagi mulohazalar bu kabi fojiali voqealardan so‘ng yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?