date

Opasini harakati oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi

Opasini harakati oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi

Xitoyda 2 yoshli bola fojiaviy holatda mashina o‘rindig‘ida qisilib vafot etdi. Bu hodisa 2023 yil 1 mayda sodir bo‘lgan, ammo sud jarayoni faqat yaqinda yakunlangan. “South China Morning Post” nashri bu tragediya haqida ma’lumot tarqatdi.

Fojia kuni ota mashinada rafiqasi va ikki farzandi bilan harakat qilgan. Opasi va onasi ikkinchi qatorda o‘tirgan, 2 yoshli bola esa maxsus bolalar o‘rindig‘ida uchinchi qatorda yolg‘iz holda edi. Bolaning opasi o‘rindiqni pastga tushirganida, bolaning boshi qattiq qisilib qolgan. Oqibatda bola hushini yo‘qotgan va badani ko‘karishni boshlagan.

Shifoxonaga olib borilganida, shifokorlar miya jarohati va kislorod yetishmasligi sababli uning allaqachon vafot etganini aniqlashdi. Bu holat ota-ona va mahalliy jamoatchilik uchun katta shok va qayg‘urish sababi bo‘ldi.

Ota-ona avto kompaniyadan tovon va kechirim talab qildi. Ular da’vo qilishicha, avtomobilda avtomatik qaytish (auto-retraction) funksiyasi yo‘q va kompaniya yetarli ogohlantiruvchi ma’lumot bermagan. Oila 280 ming dollar miqdorida to‘lovni talab qildi — bu miqdor tibbiy xarajatlar, oilani ruhiy qo‘llab-quvvatlash va bolaning vafoti uchun kompensatsiyani o‘z ichiga oladi.

Biroq avto kompaniya o‘z tovarlari barcha sanoat standartlariga javob bergani, Xitoyning majburiy sifat sinovlaridan o‘tgani va xavfsizligini ta’kidlab, da’voni rad etdi. Pudong tuman sudi ham bu fojianing sababini “ota-onaning beparvoligi”da deb topdi.

Sudya Si Shaojun ta’kidladiki, kompaniya mijozlar mahsulotdan odatiy sharoitda foydalangandagina javobgar hisoblanadi. Bolalar xavfsizligi uchun eng asosiy himoya chorasi esa ota-onaning mas’uliyatli nazoratidir. Sud qaroridan so‘ng ota-ona da’voni qonuniy asosda rad etilgani ma’lum qilindi.

Bu holat ota-onalar uchun eng muhim dars hisoblanadi — bolalarning xavfsizligida har bir harakat va nazorat muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor eslatadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Opasini harakati oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi