AQSHda shifokorlar o‘ldi degan go‘dak morgda tirik chiqdi

AQSHda shifokorlar o‘ldi degan go‘dak morgda tirik chiqdi

AQSHda bir yarim yoshli bola shifokorlar uni vafot etgan deb e’lon qilganidan besh soatdan ortiq vaqt o‘tgach, morgda tirik ekani aniqlandi. Biroq keyingi tekshiruvlar go‘dakning bosh miyasi jiddiy shikastlanganini ko‘rsatdi.

Ma’lum qilinishicha, bola uyidagi basseynda suvga yuztuban yotgan holda topilgan. Ota-onasi unga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan. Ammo shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi shifokori taxminan bir soatdan so‘ng bolani vafot etgan deb ma’lum qilgan.

Onaning aytishicha, oilaga farzandi bilan xayrlashish taklif etilgan. Shu payt bolaning buvisi uning nafas olayotganini sezgan. Go‘dakning tirikligi sud-tibbiy ekspertiza xodimlari uni olib ketish uchun kelganida aniqlangan. Shundan so‘ng bola bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bolaning oilasi tibbiyot xodimlari harakatlarini shubha ostiga olib, shifoxona ustidan sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Hozircha bolaning keyingi ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq tekshiruvlar uning bosh miyasi jiddiy zararlanganini ko‘rsatgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar