Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya rahbariyati ichida muhokama qilingan va katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan insayder ma’lumotni oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim shaxslar Rossiyada «Oreshnik» raketasi bilan Kiyev markazida joylashgan Ukraina prezidenti ofisi joylashgan Bankovaya ko‘chasiga zarba berish g‘oyasini ilgari surishgan.
Biroq Lukashenko ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu taklifni keskin rad etgan.
«Insayder ma’lumoti. Rossiyada kimlardadir shunday g‘oya bor edi. Kimligini ochiq aytmayman. Putin bu taklifga “aslo” deb javob berdi. Ular zarba berishga tayyor edi. Agar “Oreshnik” bilan zarba berilganida, ularning ta’biri bilan aytganda, qaror qabul qilish markazlaridan hech narsa qolmasdi», — dedi Lukashenko o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tish joiz, Lukashenko avvalroq Belarus hududida «Oreshnik» raketa majmualarini 2025 yil oxiriga qadar joylashtirish rejasi mavjudligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, «Oreshnik» o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa hisoblanadi. Uning maksimal parvoz masofasi 5500 kmni tashkil qiladi. Raketa soatiga 12,4 ming kilometrga teng bo‘lgan 10 Max tezlikda harakatlanishi va 900 kilogacha bo‘lgan yadroviy zaryadni tashish imkoniyatiga ega.
Mazkur ma’lumotlar, shubhasiz, xalqaro maydonda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ladi. Chunki yadroviy quvvatga ega bunday raketalarning qo‘llanilishi yoki ular haqidagi mulohazalar ham tinchlik uchun katta tahdid sifatida baholanadi.
Shu bois, Putinning mazkur taklifni rad etgani o‘ta muhim siyosiy qaror sifatida ko‘rilayotgani bejiz emas. Muxlislar va kuzatuvchilar esa bu mavzu atrofida yana qanday bayonotlar berilishini qiziqish bilan kutmoqda.
Lukashenko: Putin Zelenskiy ofisiga «Oreshnik» bilan zarba berishni rad etgan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar