Uran atrofida yangi, 29-yo‘ldosh topildi

1 daqiqa o'qish315
Uran atrofida yangi, 29-yo‘ldosh topildi

“Jeyms Uebb” kosmik teleskopi Uranning atrofida aylanuvchi yangi, 29-yo‘ldoshni aniqladi. Unga S/2025 U nomi berilgan. Bu haqida NASA 2025 yilning 19 avgust kuni rasmiy xabar berdi.

Teleskop yordamida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar Janubi-G‘arbiy tadqiqot instituti (SwRI) boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan amalga oshirildi. Ular ilgari noma’lum bo‘lgan va Uranning ma’lum yo‘ldoshlari oilasiga kirmagan obyektni kashf etdi. Hozirda Uranning ma’lum bo‘lgan yo‘ldoshlari soni 29 taga yetdi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yangi yo‘ldosh 2025 yilning 2 fevralida olib borilgan kuzatuvlar paytida aniqlangan. Uning diametri taxminan 10 km atrofida, ya’ni nisbatan kichik hisoblanadi. Shu sababli, 1986 yilda Uran yaqinidan uchib o‘tgan “Voyager-2” zondi uni aniqlay olmagan.

SwRI bosh mutaxassisi Mariyame El Mutamidning fikricha, yangi yo‘ldosh Uran markazidan taxminan 56 ming km uzoqlikda joylashgan. U sayyora ekvatorial tekisligida, Ofeliya va Byanka yo‘ldoshlari orbitasi orasida harakat qiladi. Yo‘ldoshning deyarli doira shaklidagi orbitasi uning hozirgi joylashuvi yaqinida shakllanganini ko‘rsatadi.

Uranning dastlabki ikki yo‘ldoshi – Titaniya va Oberon 1787 yilda mashhur ingliz astronomi Uilyam Gershel tomonidan kashf qilingan. So‘nggi yillarda esa Uran atrofida yangi yo‘ldoshlar aniqlanishi davom etmoqda: masalan, 28-yo‘ldosh S/2023 U1 2023 yil noyabrida Chilidagi Las-Kampanas observatoriyasida topilgan edi.

Bu yangi kashfiyot Uranning yo‘ldoshlar oilasi va sayyora tizimi haqidagi bilimlarimizni kengaytirib, astronomlar uchun qimmatli ilmiy ma’lumotlar taqdim etadi. Olimlar yangi yo‘ldosh orbitasini va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun kuzatuvlarni davom ettirmoqda.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?