AQSH Kongressi nomzodi Qur’onni yoqib yubordi

1 daqiqa o'qish1.6K
AQSH Kongressi nomzodi Qur’onni yoqib yubordi

AQSH Kongressiga nomzod Valentina Gomes olovpurkagich bilan Qur’oni Karimni yoqib yubordi, deb xabar berdi “Timeline Daily”.

Texas shtatidagi Respublikachilar partiyasi nomzodi bo‘lgan Gomes videoda qo‘lida olovpurkagich tutgan holda muqaddas Kitobni yoqib yuborishi ko‘rinadi. Rolikda u Texasda islom dini “butunlay tugatilishi kerak”ligini ham ta’kidlagan.

Gomes AQSH Kongressi Vakillar palatasiga Texasning 31-okrugidan saylovga qo‘shilmoqda. U musulmonlarni “xristian davlatlariga zo‘ravonlik orqali tahdid solayotganlikda” ayblab, tarafdorlarini uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirayotgani qayd etilgan.

Videorolik ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilik uyg‘otdi. Jamoatchilik va huquqshunoslar Gomesning harakatini diniy e’tiqod erkinligiga tahdid va nafrat qo‘zg‘atuvchi xatti-harakat sifatida baholashmoqda. Ushbu voqea AQSHda diniy erkinlik va qonun doirasida keng muhokamalarni boshlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash voqea avvalroq Fransiyaning Viyyorban shahrida ham sodir bo‘lgan edi: noma’lum shaxs masjiddan Qur’oni Karimni o‘g‘irlab, uni yoqib yuborgan. Bu holatlar xalqaro miqyosda diniy bag‘rikenglik va tinchlik mavzularini yanada dolzarb qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?