Xitoy rasman Rossiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi. Ushbu yangi qoida 15-sentyabrdan boshlab bir yillik sinov rejimi sifatida ishga tushiriladi.
Bu o‘zgarish Rossiyadan Xitoyning materik qismiga sayohat qiluvchi turistlar oqimini sezilarli darajada tezlashtiradi va ko‘p marotaba takrorlanishini ta’minlaydi, deb xabar bermoqda Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi (RSSI). Mazkur qaror turistik faoliyatni yanada rivojlantirish va sayohat imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, Rossiya Turoperatorlari assosiatsiyasi (RTOA) Xitoy orqali Osiyo mamlakatlariga sayohat qiluvchi rossiyaliklar soni ham oshishi ehtimolini belgiladi. Assosiatsiya mutaxassislarining fikriga ko‘ra, chiptalar narxi keskin oshib ketmasa, bu rejim turizm salohiyatini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
Mazkur tashabbus Xitoy va Rossiya o‘rtasida turistik aloqalarni yanada mustahkamlaydi, sayohatchilarga ko‘proq erkinlik beradi hamda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!