Suriya 14 yildan keyin ilk bor neft eksport qildi

1 daqiqa o'qish262
Suriya 14 yildan keyin ilk bor neft eksport qildi

Suriyada uzoq yillik tanaffusdan so‘ng ilk neft eksporti amalga oshirildi. Energetika vazirligi ma’lumoticha, mamlakatning ichki ehtiyojlaridan ortiq qolgan qazilma boyliklar xalqaro bozorga yo‘naltirilgan.

Tartus porti orqali yuborilgan 600 ming barrel xom neft Nissos Christiana tankeriga yuklanib, xalqaro savdo kompaniyasi B Serve Energyga topshirildi. Rasmiylar bu jarayonni Suriya energetika infratuzilmasini sinovdan o‘tkazuvchi muhim bosqich sifatida baholamoqda.

Energetika vazirligi vakili Riyod al-Jubasi ta’kidlashicha, eksport uchun yuborilgan neft mamlakatdagi konlardan qazib olinib, Baniyas va Homs zavodlarida qayta ishlangan. Unga ko‘ra, bu amaliyot Suriyaning ishlab chiqarish salohiyati tiklanayotganidan dalolat beradi.

Suriya neft transport kompaniyasi rahbari Maan Pasha ham eksportning qayta yo‘lga qo‘yilishi uzoq yillik to‘siqlardan keyin sohada muhim burilish bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Uning fikricha, mazkur yuk tashish nafaqat iqtisodiy jihatdan ahamiyatli, balki transport va port infratuzilmasining qay darajada samarali ishlayotganini ko‘rsatib beradi.

Ma’lumot uchun, 2011 yilgacha Suriya kuniga o‘rtacha 380 ming barrel neft sotardi. Biroq fuqarolar urushi va xalqaro sanksiyalar tufayli eksport deyarli butunlay to‘xtab qolgan edi.

Shu bois, bugungi amalga oshirilgan jo‘natma nafaqat iqtisodiy ehtiyojlar, balki butun mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega qadam sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?