date

Kanadada pichoqlash hodisasi: 1 kishi halok, 6 kishi yaralandi

Kanadada pichoqlash hodisasi: 1 kishi halok, 6 kishi yaralandi
Kanadaning Manitoba provinsiyasida pichoqlash hodisasi sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, kamida olti kishi jarohatlangan. Gumondor ham voqea joyida vafot etgan.

Qirollik otliq politsiyasi bu hodisani “katta talafotli voqea” deb atadi. Rasman tasdiqlanishicha, jami sakkiz kishi tez yordam mashinasi va havo orqali shifoxonaga yetkazilgan. Ularning jarohatlari turlicha darajada ekani aytilmoqda.

Politsiya mahalliy aholiga murojaat qilib, xavf yo‘qligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, hududda kun davomida kuchaytirilgan politsiya nazorati olib borilishi bildirildi.

Provinsiya rahbariyati hodisa qurbonlari va ularning oilalariga hamdardlik izhor qildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada pichoqlash hodisasi: 1 kishi halok, 6 kishi yaralandi