date

Xitoyda talaba uzoq vaqt telefonga qarab yurgani sababli falaj bo‘lib qoldi

Xitoyda talaba uzoq vaqt telefonga qarab yurgani sababli falaj bo‘lib qoldi

Xitoyda 19 yoshli talaba smartfondan uzoq vaqt foydalanishi oqibatida falaj bo‘lib qoldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Syao Dun ismli yigit doimiy ravishda boshini egib, telefoniga qarab o‘tirgan va hatto ish paytida ham undan ajralmagan. U Futszyan viloyatidagi bir restoranda ishlab, tanaffuslarda ham smartfondan ko‘zini uzmagan.

Mutahassislarning aytishicha, bunday holat "texnologiyaga bog‘liq hayot tarzi"ning salbiy oqibatlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Chunki uzoq vaqt davomida boshni pastga egib turish qon aylanish tizimiga ta’sir qiladi va asab tomirlarida jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, talabaning bo‘yin qismida ortiqcha zo‘riqish yuz bergan. Bu holat natijasida qon tomirlarida tromb paydo bo‘lgan va u miyaga qon oqimini cheklagan. Oqibatda Syao Dunning harakatlanish qobiliyati yo‘qolib, bir kuni ertalab uyg‘onganda butunlay falaj holatga tushgan.

Tabiblar uning holatini og‘ir deb baholashmoqda. Ayni vaqtda u shifoxonada davolanmoqda va maxsus terapiya hamda fiziologik mashqlar orqali sog‘ligini tiklash choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, shifokorlar bu holatdan saboq chiqarish kerakligini aytishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda talaba uzoq vaqt telefonga qarab yurgani sababli falaj bo‘lib qoldi