Ozarbayjonda burun operatsiyasini o‘tkazgan Nigar falaj bo‘lib qolib, vafot etdi

Ozarbayjonda burun operatsiyasini o‘tkazgan Nigar falaj bo‘lib qolib, vafot etdi

Ozarbayjonning Boku shahrida oddiy kosmetik operatsiyadan keyin og‘ir ahvolga tushgan 34 yoshli Nigar Budaqli vafot etdi. Ayol rinoplastikadan so‘ng falaj bo‘lib qolgan va bir yildan ortiq vaqt davomida davolangan.

Nigar Budaqli 2025 yil aprel oyida Bokudagi xususiy klinikalardan birida burun operatsiyasini boshdan kechirgan. Shundan so‘ng uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan.

Avvalroq ayol operatsiyadan keyin komaga tushgani, keyinchalik esa falaj bo‘lib qolgani haqida xabar berilgan edi. U uzoq vaqt davomida tibbiy yordam va davolanish olgan.

Biroq bir necha oy davom etgan davolanish ham uning hayotini saqlab qolishga yetmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nigar Budaqli 2026 yil 21 avgust kuni vafot etgan. Uning o‘limi rinoplastikadan keyingi og‘ir asoratlar fonida yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan sud jarayoni ham bo‘lib o‘tgan. Sud lor jarroh va anesteziologni ehtiyotsizlikda aybdor deb topgan.

Ularga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, har ikki shifokor 2 yil davomida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan.

Nigar Budaqlining o‘limi esa kosmetik jarrohlikdagi xavflar masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar