Germaniyada saylov arafasida nomzodlar o‘limi muhokamada

1 daqiqa o'qish250
Germaniyada saylov arafasida nomzodlar o‘limi muhokamada

Germaniya siyosiy maydonida g‘alati va noodatiy holat yuz berdi. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mahalliy saylovlar arafasida Shimoliy Reyn-Vestfaliyada yetti nafar nomzod hayotdan ko‘z yumdi. Bu voqea mamlakat jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi Euro News.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumgan nomzodlarning barchasi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasi vakillari bo‘lgan. Shu bois ayrim siyosiy kuzatuvchilar va jurnalistlar ularning o‘limlarini fitna ehtimoli bilan bog‘lashdan tiyilmadi. Ayniqsa, aynan bir partiya a’zolari halok bo‘lgani jamoatchilikda turli gumonlarga yo‘l ochdi.

Biroq mahalliy hokimiyat mutasaddilari bu kabi farazlarni rad etmoqda. Ularning aytishicha, saylovlar oldidan nomzodlarning vafot etishi juda kam holatlarda uchrab tursa-da, tarixda bunday misollar bor. Ammo bu galdagi holatda o‘limlar soni odatdagidan ko‘proq bo‘lgani haqiqat.

Politsiya tomonidan berilgan rasmiy izohga ko‘ra, hozircha to‘rt nafar nomzodning tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani tasdiqlangan. Qolgan uch holat bo‘yicha esa tergov harakatlari davom etmoqda.

Analitiklarning fikricha, saylov oldidan bunday holatlar siyosiy muhitda turli muammolar va taxminlarga yo‘l ochishi mumkin. Bu esa fuqarolarning ishonchi va saylov jarayonining shaffofligiga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Jamoatchilik esa hozircha ikki xil fikrga bo‘lingan: bir tomonda buni oddiy tasodif va hayotiy holat sifatida qabul qilayotganlar bo‘lsa, ikkinchi tarafda esa siyosiy sabablardan gumon qilayotganlar bor. Har holda, voqea Germaniya siyosiy hayotida katta muhokamaga aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?