09:42 / 19.12.2016
6 437

Ramzan Qodirov: "7 nafar jangari yo‘q qilindi, 4 nafari qo‘lga olindi" (Video)

Ramzan Qodirov: "7 nafar jangari yo‘q qilindi, 4 nafari qo‘lga olindi" (Video)

18 dekabr kuni Checheniston etakchisi Ramzan Qodirov Grozniy shahri va uning atrofida bir guruh terrorchilarni yo‘qotish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlangani haqida bayonot berdi. U Instagram sahifasida ma’lum qilishicha, "7 nafar jangari yo‘q qilingan, 4 nafari qo‘lga olingan, shu jumladan 3 nafari o‘qotar qurollardan olgan jarohatlari bilan shifoxonada ekani aytilmoqda".

Bunda, maxsus amaliyotni shaxsan boshqargan Qodirov ayrim OAVni asli yo‘q manbalardan olingan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish va shu bilan vaziyatni chigallashtirganlikda ayblagan.

"Xususan, internet-nashrlardan biri "Molniya" eslatmasi bilan yakshanba kuni 18 noyabrda shahar markazida portlash sodir etilgani va otishma bo‘layotgani haqida xabar qilgan. Aslida, gap borgan shohko‘chada, portlash ham, otishma ham yuz bermagan. Barcha do‘konlar, restoranlar, kafe va boshqa idoralar ishlagan. Voqea shahardan bir necha kilometr uzoqlikda tog‘li-o‘rmonli hududda yuz bergan. Men yana bir marta takrorlayman, bitta ham shayton, agar u qo‘lida qurol bilan kelar ekan, Grozniyni tirik tark eta olmaydi. Butun dunyodagi do‘stlarimizga aytmoqchi bo‘lganim, bizda hammasi joyida, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘ryapmiz!" – deb yozgan Respublika rahbari.

Ayni sahifasida Qodirov maxsus amaliyotda o‘ldirilgan jangarilarning jasadlarini ham namoyish etgan.

Boshqa bir videolavhada Grozniydagi otishma yuz bergan holat aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr tunda Grozniyning Oktyabr tumanida bir guruh qurollangan shaxslar polisiya xodimiga hujum qilib, uning mashinasini egallab olgan, so‘ngra boshqa bir polisiyachining uyiga bostirib kirgan. Shundan so‘ng, jinoyatchilarni to‘xtatishga urinishgan, ammo ikki o‘rtada yuz bergan otishmada 4 nafar kishi o‘ldirilgan. Otishma videotasvirga olingan.


Keyinroq, Chechenistondagi polisiyachilarga hujum qilishda gumon qilinganlarning ismlari oshkor qilindi.

Checheniston polisiya xodimlari hujum qilishda gumonlanuvchilar. © Life.ru

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi IShID guruhi a’zosi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: "7 nafar jangari yo‘q qilindi, 4 nafari qo‘lga olindi" (Video)