Finlyandiya Rossiyadan qochganlarni ommaviy deportatsiya qilmoqda

1 daqiqa o'qish348
Finlyandiya Rossiyadan qochganlarni ommaviy deportatsiya qilmoqda

Finlyandiya hukumati so‘nggi oylarda Rossiyadan kelgan fuqarolarga nisbatan keskin choralarni amalga oshirmoqda. Ukrainadagi urush boshlangandan keyin bu yerga qochgan ko‘plab rossiyaliklar ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda, deb xabar berdi “Vot-Tak” nashri.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan sentyabriga qadar 104 nafar rossiyalik mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Asosiy sabab sifati ularning boshpana so‘rovlari rad etilgani ko‘rsatilmoqda.

Rossiyalik faol Maksim Aliyevning ta’kidlashicha, ikki yil davomida Finlyandiya hududida boshpana so‘rovi bilan murojaat qilganlar umuman suhbatga chaqirilmagan. Faqat 2024 yilning oxirlaridan boshlab intervyu jarayonlari boshlangan va natijada deyarli 90 foiz arizalar rad etilgan.

Ayrim rossiyaliklar bu qarordan norozi bo‘lib, sudlarga shikoyat kiritgan. Ba’zilari esa yana qaytadan boshpana uchun murojaat qilgan. Biroq Finlyandiya migratsiya xizmati murojaatchilarning asosiy dalili – Rossiyadagi safarbarlikdan qochish holatini yetarli sabab deb topmayapti. Ularga ko‘ra, rasmiy jihatdan Rossiyada safarbarlik yakunlangani bois bu asos haqli emas.

Shu sababli ayrim fuqarolar majburiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 2025 yilning sakkiz oyi davomida shunday tarzda 18 kishi deportatsiya qilindi. Ular, odatda, Turkiya yoki Estoniya orqali Finlyandiyani tark etgan. Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaralar esa yopiq holatda qolmoqda.

Shu bilan birga, boshpana olishga muvaffaq bo‘lganlar ham bor. Ular asosan Rossiya hukumati qarorlaridan ochiqcha norozi bo‘lgan shaxslar yoki siyosiy ta’qibga uchragan sobiq deputatlar ekani aytilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu vaziyat kelgusida Yevropa mamlakatlari migratsiya siyosatida yanada keskin yo‘nalishlarning yo‘lga qo‘yilishi mumkinligidan darak bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?